PF-937-son Farmon · 22.08.1994

Qishloq xoʻjaligi sohasini iqtisodiy ragʻbatlantirish va erkinlik berish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-937
  • Qabul qilingan sana:22.08.1994
  • Kuchga kirgan sana:22.08.1994
  • Rasmiy nashr:Oliy Kengash Axborotnomasi 8-9

Qishloq xoʻjaligi korxonalarining mahsulot yetishtirishini yanada koʻpaytirishda, uning sifatini yaxshilashdan moddiy manfaatdorligini oshirish, qishloqda ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida:

1. Paxta tolasi va gʻalladan boʻlak qishloq xoʻjalik mahsulotlariga davlat tomonidan belgilangan buyurtma (davlat buyurtmalari) bekor qilinsin.

Qoramol va sutning erkin xarid narxlariga oʻtishi amalga oshirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 19-yanvardagi 1068-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 59-modda)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi PF-1081-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 1994-yilgi paxta hosilini uyushqoqlik bilan yigʻib-terib olish tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 22-avgust,

PF-937-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.