PF-1980-son Farmon · 26.03.1998

Oʻzbekiston Teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1980
  • Qabul qilingan sana:26.03.1998
  • Kuchga kirgan sana:26.03.1998
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4

Oʻzbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-sanʼati anʼanalarini oʻrganish, boyitish va targʻib qilish, teatr sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini taʼminlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus taʼlim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻlaroq qondirish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

5. Milliy teatr va ommaviy tomosha sanʼatlari yutuqlarini keng targʻib etish maqsadida “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali nashr etilsin.

6. Teatr sanʼati maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirishning qudratli vositalaridan biri ekanligini nazarda tutib, joylarda bu sanʼat rivoji bilan bogʻliq ishlarni izchil amalga oshirish masʼuliyati Madaniyat ishlari vazirligi bilan bir qatorda, tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining zimmasiga yuklansin.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi birgalikda Toshkent davlat sanʼat institutining drama, musiqali teatr, qoʻgʻirchoq teatri, kino, teleradio, sahna rassomligi, sanʼat menejmenti boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlash doirasini kengaytirish, oʻqitish uslubini jahon andozalari darajasiga koʻtarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.

Respublika teatr tashkilotlarining, ayniqsa, viloyatlardagi teatr muassasalarining malakali dramaturg va rejissorlarga boʻlgan katta ehtiyojini hisobga olib, oliy maʼlumotli, iqtidorli yoshlardan dramaturg va rejissorlar tayyorlovchi ikki yillik oliy kurslar tashkil etilsin. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu kurslar davlat buyurtmasi va shartnoma asosida faoliyat yuritadi.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)

14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlarni qoplash uchun mablagʻ ajratsin.

15. Ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 26-mart,

PF-1980-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.