PF-1981-son Farmon · 27.03.1998

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga qisman oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1981
  • Qabul qilingan sana:27.03.1998
  • Kuchga kirgan sana:27.03.1998
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4

Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi kichik va oʻrta korxonalarni ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi quyidagi tarzda bayon qilinsin:

“Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yilning 1-aprelidan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi:

korxonaning nizom jamgʻarmasi 150 ming AQSh dollariga teng summadan kam boʻlishi mumkin emas;

korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy, yuridik shaxs boʻlishi shart;

xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamgʻarmasining kamida 30 foizini tashkil etishi zarur.

Yangi tashkil etilayotgan korxonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi hamda korxona joylashgan hududdagi shahar va tuman hokimliklarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir haftalik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonuniy va meʼyoriy hujjatlariga mazkur Farmonga muvofiq ravishda tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 27-mart,

PF-1981-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.