Tovarlar importini bojxona-tarif jihatdan boshqarish sohasida amaldagi qonun meʼyorlarini unifikatsiya qilish hamda ularni import boji stavkalari toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ–1169-sonli qaroriga ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-iyul,
PQ-2008-son