Respublikaga bugʻdoy unini olib kirishni yanada tartibga solish hamda mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari assortimentini kengaytirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-sonli qarorining 12-2-ilovasidagi 11-tovar guruhi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Tovar guruhining raqami Tovarlar soni TIF TN boʻyicha tovar kodi Oʻlchov birligi uchun tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foiz yoki AQSh dollari hisobida 11 Bugʻdoy uni 1101 00 110 0, 1101 00 150 0 11
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-avgust,
PQ-2018-son