PQ-2009-son Qaror · 25.07.2013

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2009
  • Qabul qilingan sana:25.07.2013
  • Kuchga kirgan sana:29.07.2013
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 30

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2013-yil 18-martdagi PF-4516-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 17-apreldagi PQ-1957-son qarorini bajarish yuzasidan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirdagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Mazkur bandning amal qilishi “Angren” maxsus industrial zonasi va “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatga daxl qilmaydi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-bandining oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bepul sotilishi lozim boʻlgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlaydigan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari, past likvidli obyektlar, shu jumladan xizmat koʻrsatish va servis sohasi korxonalarini tashkil etish uchun qishloq joylarda foydalanilmayotgan binolar va xonalar roʻyxatlarini, shuningdek ularni investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bilan sotish shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish”.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 25-iyul,

PQ-2009-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.