PF-2143-son Farmon · 24.11.1998

Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarda bolalar poyabzali ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2143
  • Qabul qilingan sana:24.11.1998
  • Kuchga kirgan sana:24.11.1998
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 10-11

Yuqori sifatli bolalar poyabzali ishlab chiqarish koʻpaytirilishi va turlari kengayishini ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar oʻz ishlab chiqarishda foydalanish uchun respublikaga olib kelayotgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning qoʻshilgan qiymatiga soliq toʻlashdan ozod qilinsin.

2. Ushbu Farmonning amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 24-noyabr,

PF-2143-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.