PF-4665-son Farmon · 27.10.2014

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo oʻyinlari gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-dekabrdagi PF-3832-sonli Farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4665
  • Qabul qilingan sana:27.10.2014
  • Kuchga kirgan sana:03.11.2014
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 44

Oʻzbekistonda paralimpiya sportini yanada rivojlantirish, Parosiyo oʻyinlarining gʻoliblari va sovrindorlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo oʻyinlari gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-dekabrdagi PF-3832-sonli Farmonining nomlanishida, kirish qismida va 1-bandida “Osiyo” soʻzlaridan keyin “va Parosiyo” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 27-oktabr,

PF-4665-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.