PF-4677-son Farmon · 09.12.2014

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4677
  • Qabul qilingan sana:09.12.2014
  • Kuchga kirgan sana:15.12.2014
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 50

2015-yil uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilinishi munosabati bilan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 9-dekabr,

PF-4677-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 9-dekabrdagi PF-4677-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-sonli Farmoni 8-bandining birinchi xatboshidagi “2015” raqami “2018” raqami bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 28-iyuldagi PF-4232-sonli Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “20” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni 8-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (chakana savdo tashkilotlaridan tashqari) davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular oʻz ehtiyojlari uchun obyektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan boshlab 6 oy oʻtgungacha, biroq ularning davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng bir yildan koʻp boʻlmagan davrda yagona soliq toʻlovi va yagona ijtimoiy toʻlovlarni ushbu toʻlovlarning tasdiqlangan eng kam miqdorlarini hisobga olmagan holda toʻlaydilar.”

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.