Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvardagi qarorlariga muvofiq Bosh vazir lavozimiga Sh.M. Mirziyoyev tasdiqlangan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari etib tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi boʻyicha kiradi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-fevral,
PF-4703-son