PQ-2442-son Qaror · 02.12.2015

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2442
  • Qabul qilingan sana:02.12.2015
  • Kuchga kirgan sana:02.12.2015
  • Holati:Amalda

1. 2014-yil 12-sentabr kuni Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining kengashi yigʻilishida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Mazkur bitimni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari etib — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan boʻlgan vakolatli organlar toʻgʻrisida depozitariyni xabardor qilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2015-yil 2-dekabr,

PQ-2442-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.