PF-4841-son Farmon · 16.09.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4841
  • Qabul qilingan sana:16.09.2016
  • Kuchga kirgan sana:26.09.2016
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 38

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 16-sentabr,

PF-4841-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarorida:

(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)

b) 30-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-sonli qarorida:

a) 2-ilovaning “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi” qatoridagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi” soʻzlari “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalar uyushmasi “Oʻzbekoziqovqatzaxira” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 7-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 23-iyuldagi PQ–2374-sonli qarori 5-ilovasining “Muvofiqlashtiruvchi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari” boʻlimidagi “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi” soʻzlari “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” soʻzlariga almashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-sonli Farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni ilovasining 11-bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoni.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 8-iyundagi PQ-374-sonli Qarori.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mevasabzavottayyorlovsavdo” ixtisoslashtirilgan hududiy kompaniyalarni tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 9-noyabrdagi PQ-1638-sonli Qarorining 1-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.