PF-4847-son Farmon · 23.09.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4847
  • Qabul qilingan sana:23.09.2016
  • Kuchga kirgan sana:03.10.2016
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 39

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoat-eksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi “AJning namunaviy tuzilmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi paxta terminallarining roʻyxati 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq” soʻzlari “AJ paxta terminalining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 23-sentabr,

PF-4847-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-sentabrdagi PF-4847-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni ilovasining 28-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qarori.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qarori ilovasining 2-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024- sonli qarori 31-ilovasining 2-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qarorining 4b-ilovasi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori 13-1-ilovasining 15-qatori va 3-izohi, 36-ilovasining 2-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.