Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga 13-2-ilovasi izohining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“****Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada ishlab chiqarilayotgan hamda olib kelinayotgan yangi transport vositalari bundan mustasno”.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-fevral,
PQ-2762-son