(Farmon nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini samarali ekspluatatsiya qilish, ichimlik suvi resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichimlik suvidan foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
2. Quyidagilar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash xizmatlari koʻrsatish sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir qonun hujjatlari hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi;
suv taʼminoti va kanalizatsiya tashkilotlari tomonidan texnologik jarayonni takomillashtirishga va energiyani tejashga yoʻnaltirilgan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining texnik auditdan oʻtkazilishi;
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga ulanishning texnik shartlari talablariga rioya etilishi, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olishga yoʻl qoʻymaslik;
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining holati va ularni ishlatish shart-sharoitlari, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimidagi buzilishlar va avariyalarning profilaktikasi hamda ularning oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlarning amalga oshirilishi, ichimlik suvi yoʻqotilishining belgilangan normalariga rioya etilishi;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, erosti suvlari quduqlarining holati va ularni ishlatish shart-sharoitlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini bir hafta muddatda taqdim etsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
PF-5018-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga