PF-5017-son Farmon · 18.04.2017

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5017
  • Qabul qilingan sana:18.04.2017
  • Kuchga kirgan sana:20.04.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 16

Respublika aholisining sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida barcha tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi uygʻunlashgan texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, koʻp xonadonli uylarning saqlanishi talablariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini oshirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi negizida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tashkil qilinsin va uning tarkibida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy bosh boshqarmalar) hamda ularning tumanlar (shaharlar)dagi boʻlimlari;

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)

“Issiqlik taʼminoti” AJ va Vazirlik huzuridagi “Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi tashkil qilinsin.

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)

2. Quyidagilar Vazirlikning uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son)

issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish;

(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)

koʻp xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, koʻp xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;

koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini aniqlash boʻyicha talablarga, koʻp xonadonli uylarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va normalariga, koʻp xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)

hududlarni obodonlashtirish sohasi muammolarini oʻrganish va metodologik taʼminlash;

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)

suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini, issiqlik taʼminoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bogʻlagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini taʼminlash;

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisoblash oʻlchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini taʼminlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qoʻllash;

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda issiqlik taʼminoti boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, oʻquv stajirovkalarini chet ellarda oʻtkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish.

ichimlik suvining strategik zaxiralari yaratilishini taʼminlash.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)

3. Belgilansinki:

Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

hududiy bosh boshqarmalar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar;

(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi;

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

hududiy bosh boshqarmalarning boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar;

(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

hududiy bosh boshqarmalar boshliqlari oʻz maqomiga koʻra tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladilar.

(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

4. Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari zimmasiga hududiy bosh boshqarmalarning, shu jumladan, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida quyidagi masalalarda samarali hamkorlik qilishlarini taʼminlash uchun masʼuliyat yuklansin:

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va muhandislik kommunikatsiyalari obyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanishni tashkil etish;

issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha dasturlarni amalga oshirish.

(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)

5. Quyidagilar Inspeksiyaning koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

koʻp xonadonli uy-joy fondini, uning atrof hududini saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda koʻchmas mulk egalari tomonidan xonalarning oʻzboshimchalik bilan qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikni;

umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi hamda ularni taʼmirlash-tiklash ishlari tizimli amalga oshirilishini;

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli kommunal xizmatlar koʻrsatishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini;

koʻp xonadonli uylarni mukammal taʼmirlash uchun jamlanadigan koʻchmas mulk egalarining mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.

6. Inspeksiyaga koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish sohasida:

(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

koʻp xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanishning mavjud qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha — koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga va koʻchmas mulk egalariga;

(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)

tegishli kommunal xizmatlar koʻrsatishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish boʻyicha — uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlariga bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar taqdim etish huquqi berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, taqdim etilgan koʻrsatmalar bajarilmagan taqdirda Inspeksiya, qonun hujjatlariga muvofiq, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tegishli mansabdor shaxslarga jarima solish huquqiga egadir.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

maʼmuriy huquqbuzarliklar va maʼmuriy javobgarlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining vakolatlaridan kelib chiquvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarning idoraviy mansubligi qismi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan oʻzaro munosabatlariga oid vakolatlari qismi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni taqdim etsin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish, uning mablagʻlarini birinchi navbatda issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondini va issiqlik taʼminoti obyektlarini mukammal va joriy taʼmirlashga, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga hamda vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 18-aprel,

PF-5017-son

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.