Qayd etib oʻtilsinki, Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash borasida kattagina ishlar amalga oshirildi. Ichimlik suvi taʼminoti tizimini rivojlantirish boʻyicha gʻoyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan roʻyobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv taʼminoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Keyingi olti yilning oʻzidagina 13 ming kilometrga yaqin suv quvurlari va vodoprovod tarmoqlari, 1,6 mingtadan koʻproq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1,4 mingta suv bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Natijada, jumladan, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlarini jalb etish hisobiga ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan koʻpgina aholi punktlari sifati va xavfsizligi boʻyicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan taʼminlandi.
Shu bilan birga, ayrim mintaqalarni, eng avvalo, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashning bir qancha yechilmagan muammolari hamon saqlanib qolmoqda.
Aholi sonining muttasil ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish asosida suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kafolatlangan suv taʼminoti tizimini tubdan yaxshilash boʻyicha amaliy choralar koʻrilishini taqozo etmoqda.
Aholining keng qatlamlari yashashi uchun, ayniqsa, qishloq joylarda, shinam va qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, isteʼmolchilar uchun hamma joyda sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishiga erishish, respublikada suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar 2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish hamda modernizatsiyalashning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
aholining, ayniqsa qishloq joylardagi aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
suv olish, kanalizatsiya inshootlari hamda vodoprovod tarmoqlarining yangilarini qurish, mavjudlarini qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv taʼminoti tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, taʼmirlash-foydalanish va oʻlchov texnikasi bilan jihozlash;
suv taʼminoti sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan, isteʼmol qilingan suv va koʻrsatilgan xizmatlar hajmini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
ichimlik suvi ishlab chiqarishning texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq suvning sifatli boʻlishini taʼminlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya hamda suvni tejaydigan texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish;
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini, shu jumladan, davlat bilan xususiy sektor sherikligi asosida boshqaruvning bozor tamoyillariga mos keladigan mexanizmlarini joriy etish;
suv taʼminoti tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga narx shakllantirish tartibini takomillashtirish.
(2 — 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2017-yilning oxiriga qadar har bir aholi punkti va umuman ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari boʻyicha suv taʼminoti tizimi obyektlari (quduqlar, suv olish inshootlari, magistral vodoprovodlar, taqsimlash tarmoqlari va boshqa obyektlar) pasportlashtirilishini, shuningdek, pasportlashtirish natijalari boʻyicha ichimlik suvi taʼminoti tizimi obyektlarining elektron maʼlumotlar bazasi yaratilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika jamgʻarmasi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzurida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamgʻarmalar) tashkil etilsin.
Mazkur jamgʻarmalar mablagʻlaridan:
suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — dasturlar) bajarish doirasidagi loyiha-qidiruv ishlarini;
dasturlar doirasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish hamda energiya tejovchi uskunalar va maxsus texnikalar xarid qilishni moliyalashtirishda foydalanilishi belgilansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
9. Quyidagilar Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq boʻyicha tushumlar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan tegishli mablagʻlar;
maqsadli budjet mablagʻlari;
xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari;
xalqaro donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilarning mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablagʻlari;
Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ “Oʻzsuvtaʼminot” AJning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha aholiga, ayniqsa qishloq joylarda sifatli ichimlik suvi yetkazib berilishini tashkil etish doirasida maxsus texnika uchun yoqilgʻi-moylash materiallariga zarur limitlar ajratsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-aprel,
PQ-2910-son
(1 — 7 ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
(8-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika jamgʻarmasi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamgʻarmalar) mablagʻlarini boshqarish, shu jumladan Respublika va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish, moliyalashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
2. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) moliyalashtirish uchun tashkil qilingan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
3. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
4. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq boʻyicha tushumlarga mos ravishda Davlat budjetidan ajratiladigan ajratmalar;
maqsadli budjet ajratmalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari;
xalqaro donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilarning mablagʻlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablagʻlari;
Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarga Dasturni bajarish doirasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, loyiha-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojga qarab har oyda ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
6. Xalqaro moliya tashkilotlari va donorlarning grantlari hamda imtiyozli kreditlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarning gʻaznachilik hisobvaraqlariga tushadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
7. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa markazida ochiladigan gʻaznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
8. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Dasturni bajarish doirasida loyiha-qidiruv ishlari;
Dastur doirasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, energiya tejovchi uskunalar va maxsus texnikalar xarid qilish.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
9. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamentining “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlarini boshqarish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
10. Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamentining “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” mablagʻlarini boshqarish boʻlimi::
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini qompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilishning har yilgi dasturlarini shakllantirishda, zarur hollarda joylarga chiqib ishtirok etadi;
dasturlarni amalga oshirish doirasida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxatlar bajarilishining tahlilini amalga oshiradi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga maʼlum qilish uchun Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini hamda uni choraklar va oylar boʻyicha taqsimlagan holda bir yillik ijrosi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining oyma-oy taqsimotini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rahbariyatiga tasdiqlash uchun kiritadi;
ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi.
(10-bandning yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)
5-bob. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
11. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish davlat dasturi va Davlat budjeti loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili Davlat budjeti va boshqa manbalardan tushadigan tushumlarning kelgusi yilgi prognozlarini tayyorlaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-iyulga qadar barcha yoʻnalishlar boʻyicha Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar xarajatlari prognozini hamda suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning keyingi yilgi manzilli roʻyxatlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda har yili:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
1-iyulga qadar navbatdagi yilga moʻljallangan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxatlarning yakuniy parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilab berilgan Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalarga kelib tushishi prognoz qilinayotgan mablagʻlar doirasida shakllantiradi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
1-avgustga qadar shakllantirilgan manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
15. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 kun ichida kelgusi yilga oʻrnatilgan xarajatlar hajmi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligini hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJni xabardor qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
16. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlari Moliya vazirligining axborot tizimida respublika va hududiy darajada ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan sarflanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
17. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida va hududiy moliya organlarida roʻyxatga olingan tegishli xarajatlar smetalari asosida hamda qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilgan tanlov savdolarining natijalariga koʻra ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini bajarish uchun amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boshqarmalari ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga oladi hamda ular boʻyicha toʻlovlarni faqatgina xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida va tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
19. Qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan buyurtmachilarning toʻlov topshiriqnomalari asosida, manzilli roʻyxatlar boʻyicha oʻrnatilgan limitlar hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi tender (tanlov) savdolarining natijalarini hisobga olib tuzilgan shartnomalarga muvofiq qoplanadi:
qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning dastlabki ikki oyi mobaynida tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha qurilishning prognoz qilinayotgan yiliga belgilangan ishlar qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda teng ulushlar bilan boʻnak toʻlovlarini amalga oshirish;
ajratilgan boʻnakning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olib, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oy joriy moliyalashtirish;
shartnomada kelishilgan kafolat muddati tugagach — pudratchiga qolgan 5 foizni toʻlash.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
20. Jamgʻarma mablagʻlarini Dasturlarda nazarda tutilmagan maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.
21. Joriy moliya yili yakunlari boʻyicha qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash manzilli roʻyxatlarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmay qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining balansini taʼminlashni hisobga olgan holda oʻrnatilgan tartibda keyingi moliya yilida toʻlanishi lozim.
22. Jamgʻarma hisobvaraqlaridagi mablagʻlarni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun, shu jumladan vaqtincha olib qoʻyish taqiqlanadi.
7-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning hisobini yuritish, hisoboti va nazorati
23. Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va sarflanishi hisobini yuritish hamda ular yuzasidan hisobot tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” har oy, hisobot davridan keyingi oyning 5 kunidan kechiktirmay Moliya vazirligiga ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl asosida taqdim etadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
25. Respublika jamgʻarmasi va hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan taqdim etilgan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida, shu jumladan toʻlangan mablagʻlar, shuningdek, ularning birlamchi hujjatlar (hisob-fakturalar)ga va amalda bajarilgan ishlar (xizmatlar) hajmlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari asosida doimiy monitoringni amalga oshiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
27. Jamgʻarma mablagʻlaridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik “Oʻzsuvtaʼminot” AJ zimmasiga yuklanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga