PF-5032-son Farmon · 03.05.2017

“Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5032
  • Qabul qilingan sana:03.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:05.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 19

(Farmon nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

Respublikamizning farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor oʻsimliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini oʻzimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan toʻldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish oʻrinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida:

(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzfarmsanoat” DAK, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklarining “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi oʻrinlarda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

2. Quyidagilar “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

dorivor oʻsimliklar xomashyosini oʻziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

yuqori qoʻshilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor oʻsimliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish;

dorivor oʻsimliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish boʻyicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;

mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor oʻsimliklar xomashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

dorivor oʻsimliklar xomashyosi introduksiya va kultivatsiyasini oʻrganish boʻyicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari boʻlgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

“Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi;

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

faoliyat koʻrsatish muddati mobaynida “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq va bojxona rejimlari amal qiladi.

(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalarini tashkil qilsin hamda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalarining nizomlarini tasdiqlagan holda ular faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

(5 — 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5305-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

8. Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda belgilangan tartibda:

(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ tarkibiga kiritish uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan yaxshi taʼminlanganligini hisobga olgan holda yer uchastkalari chegaralari belgilanishini va ularning ajratilishini;

(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

yer uchastkalarini aniqlash va keyinchalik ularni dorivor oʻsimliklar xomashyosi yetishtirish boʻyicha plantatsiyalar tashkil qilish uchun berilishini taʼminlasin.

9. “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

10. “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat koʻrsatishi davrida soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

11. “Oʻzfarmsanoat” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida sanoat plantatsiyalari tashkil etish va chuqur qayta ishlanadigan dori vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishga tavsiya etilayotgan dorivor oʻsimliklar roʻyxatini tashkil etish boʻyicha maqsadli Dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashiga kiritsin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

12. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti bilan birgalikda “Oʻzfarmsanoat” DAKga hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda sanoat plantatsiyalari tashkil qilish uchun dorivor oʻsimlik turlari roʻyxatini, shuningdek, mahalliy dorivor oʻsimliklar xomashyosidan foydalangan holda dorivor moddalar (substansiyalar) va dori vositalari ishlab chiqish sohasidagi yangi ilmiy tadqiqotlar natijalarini tizimli ravishda taqdim etsin.

13. “Oʻzfarmsanoat” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari, investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida amalga oshirilishi taklif qilinayotgan investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashiga kiritsin.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

14. “Asaka” ATB va boshqa tijorat banklariga:

“Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun, shuningdek, dorivor oʻsimliklar xomashyosini yetishtirish boʻyicha plantatsiyalar tashkil etish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fermer xoʻjaliklariga oʻz mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati berilmagan holda jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kreditlar ajratish;

(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

garov taʼminoti yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga texnologik uskunalar lizing asosida yetkazib berilishini taʼminlash tavsiya etilsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarini, shuningdek, ularning ishtirokchilarining ishlab chiqarish maydonlarini tegishli tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan kafolatli taʼminlasin.

(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:

(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzfarmsanoat” DAK, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida yoʻl-transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini uch oy muddatda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda har yili kelgusi yilga Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun erkin iqtisodiy zonalarning oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bosh rejalari asosida kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsin.

(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining:

Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklarining tegishli ravishda “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarini “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqish, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib;

(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

“OʻzshaharsozlikLITI” DUKni “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib;

(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

“ToshkentboshplanLITI” DUKni “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

18. “OʻzshaharsozlikLITI” DUK va “ToshkentboshplanLITI” DUK uch oy muddatda “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqsin hamda erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.

(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida logistika markazlari hamda bojxona postlari tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

20. “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida yovvoyi oʻsimliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirgan yoki yovvoyi oʻsimliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish ishtirokchilari, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boʻstonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ bilan tuzilgan shartnomalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar “Qizil kitob”ga kiritilmagan hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi oʻsadigan oʻsimliklar tayyorlagani (toʻplagani) uchun undiriladigan toʻlov tabiiy muhitdan olingan yovvoyi oʻsimliklar (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari)ga belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida belgilansin.

(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PF-37-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/37/1176-son)

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni 5-bandining birinchi xatboshi hamda 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.

22. “Oʻzfarmsanoat” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

23. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 3-may,

PF-5032-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm”” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.