F-4957-son Farmoyish · 06.06.2017

2015-2019-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-4957
  • Qabul qilingan sana:06.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:13.06.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 23

2015 — 2019-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — BMT GJB dasturi) Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, BMTning GJB Dasturi 1-dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) “Idoralararo mobil guruhlarni tashkil etish yoʻli orqali Oʻzbekistonda afgʻon giyohvand moddalari kontrabandasiga qarshi kurashish” komponenti maqsadlariga muvofiq va amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga tezkor boshqaruv huquqida xizmatda foydalanish uchun ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha uskunalar, texnika va transport vositalari begʻaraz topshirilmoqda.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi loyiha doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan, Oʻzbekiston tomonidan masʼul ijrochi organlari etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi loyiha doirasida taqdim etilgan uskunalar, texnika va transport vositalarini belgilangan tartibda qabul qilishni va undan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlasin.

4. Loyihani amalga oshirish doirasida:

uskunalar, texnika va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);

xorijda va yurtimizda ishlab chiqarilgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga toʻlanadigan yigʻimlardan;

uskunalar, texnika va transport vositalarini majburiy sertifikatlash jarayonlaridan ozod etilsin.

5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 6-iyun,

F-4957-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi F-4957-son farmoyishigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga tezkor boshqaruv huquqida xizmatda foydalanish uchun begʻaraz topshiriladigan uskunalar, texnika va transport vositalari

* Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilmaydi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.