F-4977-son Farmoyish · 23.06.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-4977
  • Qabul qilingan sana:23.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:03.07.2017
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlasin.

3. “Oʻzbektelekom” AKning yagona tarmoq va maʼlumotlarni qayta ishlash markazi negizida elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari faoliyat yuritishi uchun maʼlumotlar uzatish tizimi (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar uzatish tizimi) yaratilsin.

4. “Oʻzbektelekom” AK uning “Oʻzbektelekom” AKning mavjud telekommunikatsiya tarmoqlari va boshqa telekommunikatsiya operatorlari negizida yaratilishi, shuningdek, uning uzluksiz faoliyat yuritishini belgilangan tartibda taʼminlovchi maʼlumotlar uzatish tizimi operatori etib belgilansin.

5. “Oʻzbektelekom” AK, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish moslamalarining maʼlumotlarni uzatish tizimi orqali maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markaziga ulanishini taʼminlasin.

6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 23-iyun,

F-4977-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi F-4977-son farmoyishigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridani Majburiy ijro byurosining samarali faoliyatini taʼminlash boʻyicha

Izoh:

1)davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari boshqa ishga oʻtishganida ushbu Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni bajarish mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish topshirilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi;

2) normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohalariga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin;

3) “Yoʻl xartitasi” chora-tadbirlarini ijro etish muddatlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.