[Koʻchirma]
“Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va shuning asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror rivojlantirish, ruda qazib chiqarish, rangli, qimmatbaho va nodir metallar, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda talab doim katta boʻlgan boshqa raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar “Olmaliq KMK” AJning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
birinchi, konchilik ishlab chiqarishini yuritish, foydali qazilmalarni qazib olish va ularni keyinchalik qayta ishlash borasidagi ishlarni tashkil qilishning zamonaviy usullarini joriy etishni taʼminlashga, rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishga qaratilgan mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish hamda rangli va nodir metallarning yangi ruda konlarini oʻzlashtirish sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish;
ikkinchi, yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni, shu jumladan, yangi sotish bozorlarini oʻzlashtirish hisobiga shunday mahsulot eksporti hajmlarini koʻpaytirishning barqaror yuksak surʼatlarini taʼminlash maqsadida tarkibiy oʻzgartirishlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish va uning sifatini yaxshilash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshirish;
uchinchi, yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni qurish va foydalanishga topshirishni, yangi ish joylari yaratilishini, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarining samaradorligi hamda shaffofligini oshirishga qaratilgan loyiha boshqaruvining zamonaviy usullarini joriy etishni nazarda tutuvchi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni barqaror jalb etishni taʼminlaydigan faol investitsiya siyosatini yuritish;
toʻrtinchi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini tobora chuqurlashtirish, zarur tovarlar va butlovchi buyumlar importi oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va ichki bozorni ular bilan toʻldirish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlari importini bosqichma- bosqich qisqartirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidan ustuvor darajada foydalanish asosida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
beshinchi, ilmiy-tadqiqot ishlarini, jumladan rangli, qimmatbaho, nodir metallar va qattiq qotishmalar sohasidagi amaliy tadqiqotlar dasturini bajarish doirasida tashkillashtirish, yangi texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etishda qatnashish;
oltinchi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni keng tatbiq etish, buning asosida ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini oshirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish, uning raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, kombinatning moliya-xoʻjalik faoliyati shaffofligini taʼminlash;
yettinchi, kombinatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, muhandis-texnik va boshqaruv xodimlari malakasini oshirish, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va ilmiy muassasalar bilan kooperatsiyani kuchaytirish orqali ularni qayta tayyorlashni tashkil etish, qattiq raqobat sharoitida tarmoqning samarali ishlashini taʼminlashga qodir yosh va isteʼdodli mutaxassislarni jalb etish.
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi zimmasiga “Olmaliq KMK” AJga yuklatilayotgan asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
4. 2017 — 2019-yillarda “Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish boʻlinmalari boʻyicha ishlab chiqarish tannarxi va chiqimlarini qisqartirish borasidagi Aniq chora-tadbirlar rejasi — “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Farmonov, Mis-boyitish fabrikasi direktori O.V. Staroverov, 2-sonli Mis-boyitish fabrikasi direktori X.T. Miraxmedov, Mis eritish zavodi direktori B.A. Vaqqosov, Rux zavodi direktori K.F. Kim, Jizzax sement zavodi direktori I.I. Abdullayev va Angren quvur zavodi direktori E.Yu. Sulaymonov zimmasiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirish hamda tabiiy gaz, elektr energiyasi va boshqa moddiy resurslar isteʼmolini optimallashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasida belgilangan parametrlar soʻzsiz bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.Q. Farmonov, qarorning 4-bandi va 3-ilovasi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-sentabr,
PQ-3280-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3280-son qaroriga 3-ILOVA
2017 — 2019-yillarda “Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish boʻlinmalari boʻyicha ishlab chiqarish tannarxi va chiqimlarini qisqartirish borasidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3280-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-maydagi “Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2530-son qarorining rus tilidagi matni 1-ilovasida:
a) jadval sarlavhasidan keyingi “Vsego” deb yozilgan satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) “II. Metallurgicheskaya otrasl (2 proyekta)” satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 9-pozitsiya chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-maydagi “2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2533-son qarorining rus tilidagi matni:
a) quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan toʻldirilsin:
“9-1. Predostavit pravo Kabinetu Ministrov Respubliki Uzbekistan vnosit pri neobxodimosti, po obosnovannim predlojeniyam Ministerstva ekonomiki Respubliki Uzbekistan, izmeneniya i dopolneniya v ustanovlennoye zadaniye po proizvodstvu gotovoy produksii na baze glubokoy pererabotki svetnix i redkix metallov, predusmotrennix v prilojeniyax №№ 1 i 2, a takje v perechen i parametri investitsionnix proyektov, vklyuchennix v prilojeniye № 3 k nastoyashemu postanovleniyu”;
b) 1-ilovada:
7, 8, 21 va 25-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11, 13, 22 va 26-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovada:
2, 3 va 9.1-pozitsiyalarda “AO “UzKTJM” soʻzi “AO “Almalikskiy GMK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7, 8, 10, 11 va 12-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Quyidagi mazmundagi izohlar bilan toʻldirilsin:
“* Yejegodnie obyemi proizvodstva budut utochnyatsya po soglasovaniyu s Ministerstvom ekonomiki Respubliki Uzbekistan.
** Pri uslovii postavki standartnogo konsentrata (s soderjaniyem tryoxokisi volframa 55 — 60 %), v tom chisle po importu”;
g) 3-ilovada:
Jadval sarlavhasidan keyingi “Vsego”, “I. Proyekti, napravlennie na glubokuyu pererabotku svetnix metallov” va “AO “Almalikskiy GMK” satrlari quyidagi tahrirda byon etilsin:
1, 2, 3, 6 va 7-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
“II. Proyekti, napravlennie na glubokuyu pererabotku redkix metallov” satrlari va 20-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 20-1 — 20-8-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-avgustdagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha Ilmiy-ishlab chiqarish bilashmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2573-son qarorining rus tilidagi matni 4-ilovasida:
a) 7, 8, 10, 11 va 12-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) quyidagi mazmundagi izohlar bilan toʻldirilsin:
“* Yejegodnie obyemi proizvodstva budut utochnyatsya po soglasovaniyu s Ministerstvom ekonomiki Respubliki Uzbekistan.
** Pri uslovii postavki standartnogo konsentrata (s soderjaniyem trexokisi volframa 55-60 %), v tom chisle po importu”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-2698-son qarorining 1-ilovasidagi 150, 151 va 154-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2772-son qarorining rus tilidagi matni 4-ilovasida:
a) Jadval sarlavhasidan keyingi “Vsego” soʻzi bilan boshlanadigan satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) “II. Produksiya promishlenno-texnicheskogo naznacheniya” satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 42 va 52-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3280-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
1. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-628-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1340-son qarori ilovasining 5-bandi.