PQ-3283-son Qaror · 16.09.2017

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3283
  • Qabul qilingan sana:16.09.2017
  • Kuchga kirgan sana:25.09.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3283/0003

Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada tizimli chuqurlashtirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida ilgʻor texnologiyalarni faol joriy etish, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining unumdorligini barqaror oshirib borish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

Jahon banki Direktorlar kengashi 2017-yil 23-iyunda Oʻzbekiston Respublikasiga 5 yillik imtiyozli davrni qoʻshganda, 25 yil muddatda toʻlash sharti bilan “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — XTTB) ning 30,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarzi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XTA) ning 120 mln. AQSH dollari miqdoridagi krediti berilishini maʼqulladi;

Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi ekvivalentda 77,82 mln. AQSH dollarini, shu jumladan soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy chiqimlar haqini toʻlash va boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirish tarzida qoʻshiladigan ulush ekvivalentda 39,74 mln. AQSH dollarini tashkil etadi, shuningdek, loyiha qatnashchilari (benefitsiarlar) qoʻshadigan hissa — ekvivalentda 38,08 mln. AQSH dollaridan iborat boʻladi;

loyihani amalga oshirish davri 6 yil muddat (2017 — 2022-yillar) etib belgilandi.

2. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi loyihaning oʻz vaqtida va toʻla hajmda amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi hamda loyiha amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida hisobotni yuritish va monitoring qilish funksiyalari uning zimmasiga yuklanadi;

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)

kredit liniyasini boshqarish, XTTB qarzi va XTA kreditining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoringni yuritish funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etuvchi tijorat banklari zimmasiga yuklanadi.

3. Quyidagilar:

“Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan texnik-iqtisodiy asoslanishi 1-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha XTTB qarzi va XTA kreditiga xizmat koʻrsatish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi doirasida XTTB qarzi va XTA kreditini soʻndirish, ular boʻyicha vositachilik haqi va foizlarni toʻlashning prognoz jadvallari 3- va 3a- ilovalariga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi kreditidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin, berilayotgan qarz va kreditni qayta moliyalashning aniq tartibi, muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash mezonlari va ularning baholari belgilab qoʻyilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Sh.M. Gʻaniyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash, XTTB, XTA va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobot va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)

6. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A.Qoʻchqorovga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz bitimini va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati;

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetovga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni, shuningdek, zaruratga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan ularga tegishli oʻzgartirishlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.

(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi oʻrtasida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.

8. Quyidagilar:

loyihani amalga oshirish doirasida XTTB qarzi va XTA krediti hisobidan xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlar toʻlashdan;

loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

mazkur bandda berilgan imtiyozlarning amal qilishi loyiha doirasida qayta moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ham joriy etiladi;

ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan ulushi hisoblanadi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillardagi rivojlanish davlat dasturlariga loyihaning qoʻshib qoʻyilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmanomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi chet ellik mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)

11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmanomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirilmasdan taʼminlab bersin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov va Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 16-sentabr,

PQ-3283-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-son qaroriga 1-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan texnik-iqtisodiy asoslanishi

T/r Koʻrsatkich nomlanishi Oʻlchov birligi Jami* Shu jumladan quyidagilar hisobidan: XTA krediti XTTB qarzi Oʻzbekiston Respublikasi Benefitsiarlarning oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH dollari ekv. 227 823,28 120 000,00 30 000,00 39 744,35 38 078,93 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami ming AQSH dollari ekv. 198 251,49 120 000,00 30 000,00 10 172,56 38 078,93 shu jumladan: 2.1. Tijorat banklariga kredit liniyalari ming AQSH dollari ekv. 142 240,70 112315,7 29 925,0 xorijiy valyutada ming AQSH dollari 142 240,7 112315,7 29 925,0 2.2. Benefitsiarlar mablagʻlari ming AQSH dollari ekv. 38 078,93 38 078,93 milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 38 078,93 38 078,93 2.3. Boshqa xarajatlar ming AQSH dollari 7 028,0 6 731,0 296,9 xorijiy valyutada ming AQSH dollari 6 731,0 6 731,0 milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. 296,9 296,9 2.4. Taqsimlanmagan mablagʻlar ming AQSH dollari 953,3 953,3 xorijiy valyutada ming AQSH dollari 953,3 953,3 2.5. Investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar ming AQSH dollari ekv. 9 950,62 75,0 9 875,62 3. Soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar ming AQSH dollari ekv. 29 571,79 29 571,79 4. Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan mavjud asosiy fondlar qiymati ming AQSH dollari ekv. Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan asosiy fondlar mavjud emas 5. Loyihani qoplashning hisoblangan muddati yil 9 6. Investitsiya davrining muddati oy 60 7. Tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlari qiymati ming AQSH dollari ekv. 188 301,00 8. Kredit va qarzni soʻndirish muddati yil 25 Shu jumladan imtiyozli davr yil 5

* Tovarlarni (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish boʻyicha yakuniy qiymat koʻrsatkichlari mukammal loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi natijalari boʻyicha oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolariga koʻra belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-son qaroriga 2-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha XTTB qarzi va XTA kreditiga xizmat koʻrsatish

T/r Komponentlarning nomlanishi XTA krediti XTTB qarzi Quyidagilar hisobiga soʻndirish: Qarzni soʻndirish usuli Davlat budjeti Loyiha ishtirokchilari 1. 1-komponent — davlat investitsiya dasturi va davlat xizmatlari 1.1. 1.1-kichik komponent — Strategiya, siyosat va davlat investitsiya dasturi Begʻaraz grant hisobidan moliyalashtiriladi* 1.2. 1.2-kichik komponent — Chorvachilik sektorida davlat xizmatlarini mustahkamlash 2 000,0 2 000,0 Xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi 2. 2- komponent — chorvachilikda ishlab chiqarish-sotish zanjirini modernizatsiya qilish 2.1. 2.1-kichik komponent — Xususiy investitsiyalar uchun kredit liniyasi 112 816,0 29 925,0 142 741,0 Xizmat koʻrsatish ishtirokchi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi 2.2. 2.2-kichik komponent — Ishlab chiqarish — sotish zanjirini rivojlantirish hamda kichik xoʻjaliklarni bozorga jalb qilish Begʻaraz grant hisobidan moliyalashtiriladi* 3. 3-komponent — Loyihani muvofiqlashtirish, boshqarish, monitoring qilish va baholash 5 184,0 5 184,0 Xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi 4. Moliyaviy sarf-xarajatlar 75,0** 75,0 Xizmat koʻrsatish ishtirokchi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi Jami 120 000,0 30 000,0 7 184,0 142 816,0

* Qoʻshimcha moliyalashtirish uchun Yevropa Ittifoqining 16 mln AQSH dollari miqdoridagi granti jalb qilinadi.

** Bir yoʻla toʻlanadigan 75 ming AQSH dollari miqdoridagi boshlangʻich vositachilik haqini XTTB qarzi mablagʻlari hisobidan toʻlash moʻljallanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-son qaroriga 3-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi doirasida XTTB qarzini soʻndirish, ular boʻyicha vositachilik haqi va foizlarni toʻlashning

Qarz summasi — 30 000 000 AQSH dollari Soʻndirish muddati — 25 yil Imtiyozli davr — 5 yil Qarz boʻyicha foiz stavkasi — Bazaviy stavka + qarzning valyutasi uchun oʻzgaruvchan oldindan toʻlash bilan (hisob-kitob boʻyicha 2 foiz) Majburiyat uchun vositachilik haqi — oʻzlashtirilmagan summadan 0,25 foiz AQSH dollari Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlov summasi Vositachilik va foizlar boʻyicha toʻlov summasi Kredit boʻyicha umumiy toʻlov summasi 2018-yil 15-may 81 250 81 250 2018-yil 15-noyabr 146 880 146 880 2019-yil 15-may 212 500 212 500 2019-yil 15-noyabr 256 250 256 250 2020-yil 15-may 300 000 300 000 2020-yil 15-noyabr 300 000 300 000 2021-yil 15-may 300 000 300 000 2021-yil 15-noyabr 300 000 300 000 2022-yil 15-may 300 000 300 000 2022-yil 15-noyabr 300 000 300 000 2023-yil 15-may 300 000 300 000 2023-yil 15-noyabr 300 000 300 000 2024-yil 15-may 300 000 300 000 2024-yil 15-noyabr 750 000 300 000 1 050 000 2025-yil 15-may 750 000 292 500 1 042 500 2025-yil 15-noyabr 750 000 285 000 1 035 000 2026-yil 15-may 750 000 277 500 1 027 500 2026-yil 15-noyabr 750 000 270 000 1 020 000 2027-yil 15-may 750 000 262 500 1 012 500 2027-yil 15-noyabr 750 000 255 000 1 005 000 2028-yil 15-may 750 000 247 500 997 500 2028-yil 15-noyabr 750 000 240 000 990 000 2029-yil 15-may 750 000 232 500 982 500 2029-yil 15-noyabr 750 000 225 000 975 000 2030-yil 15-may 750 000 217 500 967 500 2030-yil 15-noyabr 750 000 210 000 960 000 2031-yil 15-may 750 000 202 500 952 500 2031-yil 15-noyabr 750 000 195 000 945 000 2032-yil 15-may 750 000 187 500 937 500 2032-yil 15-noyabr 750 000 180 000 930 000 2033-yil 15-may 750 000 172 500 922 500 2033-yil 15-noyabr 750 000 165 000 915 000 2034-yil 15-may 750 000 157 500 907 500 2034-yil 15-noyabr 750 000 150 000 900 000 2035-yil 15-may 750 000 142 500 892 500 2035-yil 15-noyabr 750 000 135 000 885 000 2036-yil 15-may 750 000 127 500 877 500 2036-yil 15-noyabr 750 000 120 000 870 000 2037-yil 15-may 750 000 112 500 862 500 2037-yil 15-noyabr 750 000 105 000 855 000 2038-yil 15-may 750 000 97 500 847 500 2038-yil 15-noyabr 750 000 90 000 840 000 2039-yil 15-may 750 000 82 500 832 500 2039-yil 15-noyabr 750 000 75 000 825 000 2040-yil 15-may 750 000 67 500 817 500 2040-yil 15-noyabr 750 000 60 000 810 000 2041-yil 15-may 750 000 52 500 802 500 2041-yil 15-noyabr 750 000 45 000 795 000 2042-yil 15-may 750 000 37 500 787 500 2042-yil 15-noyabr 750 000 30 000 780 000 2043-yil 15-may 750 000 22 500 772 500 2043-yil 15-noyabr 750 000 15 000 765 000 2044-yil 15-may 750 000 7 500 757 500 Jami 30 000 000 9 546 880 39 546 880

* Toʻlov summalari XTTB qarz mablagʻlarining amaldagi oʻzlashtirilishiga qarab aniqlashtirib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-son qaroriga 3a-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi doirasida XTA kreditini soʻndirish, ular boʻyicha vositachilik haqi va foizlarni toʻlashning

Kredit summasi — 120 000 000 AQSH dollari Soʻndirish muddati — 25 yil Imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkasi — 1,25 foiz + Foiz toʻlovlariga bazaviy tuzatishlar (hisob-kitob boʻyicha 1,38 foiz) Xizmat koʻrsatish uchun vositachilik haqi — 0,75 foiz + Xizmat koʻrsatish uchun vositachilik haqi bazaviy tuzatishlar (hisob-kitob 1,47 foiz) Majburiyat boʻyicha vositachilik haqi — oʻzlashtirilmagan summadan 0,50 foiz AQSH dollari Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlov summasi Vositachilik va foizlar boʻyicha toʻlov summasi Kredit boʻyicha umumiy toʻlov summasi 2018-yil 15-may 338 260 338 260 2018-yil 15-noyabr 382 610 382 610 2019-yil 15-may 426 970 426 970 2019-yil 15-noyabr 543 530 543 530 2020-yil 15-may 660 090 660 090 2020-yil 15-noyabr 878 230 878 230 2021-yil 15-may 1 096 380 1 096 380 2021-yil 15-noyabr 1 315 510 1 315 510 2022-yil 15-may 1 534 660 1 534 660 2022-yil 15-noyabr 1 980 000 1 710 000 3 690 000 2023-yil 15-may 1 980 000 1 681 790 3 661 790 2023-yil 15-noyabr 1 980 000 1 653 570 3 633 570 2024-yil 15-may 1 980 000 1 625 360 3 605 360 2024-yil 15-noyabr 1 980 000 1 597 140 3 577 140 2025-yil 15-may 1 980 000 1 568 930 3 548 930 2025-yil 15-noyabr 1 980 000 1 540 710 3 520 710 2026-yil 15-may 1 980 000 1 512 500 3 492 500 2026-yil 15-noyabr 1 980 000 1 484 280 3 464 280 2027-yil 15-may 1 980 000 1 456 070 3 436 070 2027-yil 15-noyabr 1 980 000 1 427 850 3 407 850 2028-yil 15-may 1 980 000 1 399 640 3 379 640 2028-yil 15-noyabr 1 980 000 1 371 420 3 351 420 2029-yil 15-may 1 980 000 1 343 210 3 323 210 2029-yil 15-noyabr 1 980 000 1 314 990 3 294 990 2030-yil 15-may 1 980 000 1 286 780 3 266 780 2030-yil 15-noyabr 1 980 000 1 258 560 3 238 560 2031-yil 15-may 1 980 000 1 230 350 3 210 350 2031-yil 15-noyabr 1 980 000 1 202 130 3 182 130 2032-yil 15-may 1 980 000 1 173 920 3 153 920 2032-yil 15-noyabr 4 020 000 1 145 700 5 165 700 2033-yil 15-may 4 020 000 1 088 420 5 108 420 2033-yil 15-noyabr 4 020 000 1 031 130 5 051 130 2034-yil 15-may 4 020 000 973 850 4 993 850 2034-yil 15-noyabr 4 020 000 916 560 4 936 560 2035-yil 15-may 4 020 000 859 280 4 879 280 2035-yil 15-noyabr 4 020 000 801 990 4 821 990 2036-yil 15-may 4 020 000 744 710 4 764 710 2036-yil 15-noyabr 4 020 000 687 420 4 707 420 2037-yil 15-may 4 020 000 630 140 4 650 140 2037-yil 15-noyabr 4 020 000 572 850 4 592 850 2038-yil 15-may 4 020 000 515 570 4 535 570 2038-yil 15-noyabr 4 020 000 458 280 4 478 280 2039-yil 15-may 4 020 000 401 000 4 421 000 2039-yil 15-noyabr 4 020 000 343 710 4 363 710 2040-yil 15-may 4 020 000 286 430 4 306 430 2040-yil 15-noyabr 4 020 000 229 140 4 249 140 2041-yil 15-may 4 020 000 171 860 4 191 860 2041-yil 15-noyabr 4 020 000 114 570 4 134 570 2042-yil 15-may 4 020 000 57 290 4 077 290 Jami 120 000 000 48 045 340 168 045 340

* Toʻlov summalari XTA kredit mablagʻlarining amaldagi oʻzlashtirilishiga qarab aniqlashtirib boriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.