I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filialida (keyingi oʻrinlarda — Filial) va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyda zamonaviy oʻquv materiallari va laboratoriya uskunalarini keng qoʻllanish asosida taʼlim jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida:
1. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali Vasiylik kengashining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyni jihozlash va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv-laboratoriya uskunalari va moddiy-texnika resurslari (keyingi oʻrinlarda — tovarlar) roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ular 2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining ilovada koʻrsatilgan va “Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan tovarlar respublikamizda ishlab chiqarilmasligi toʻgʻrisida bergan xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kelinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kelinayotgan tovarlardan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga undiriladi.
4. “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati (A.S. Sultonov) Filialni va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyni oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan maxsus va oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlashda yordam bersin, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 6-iyuldagi PP-1569-sonli qarori 2-bandining uchinchi xatboshi va qarorning 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov, “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-sentabr,
PQ-3287-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3287-son qaroriga 1-ILOVA
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali vasiylik kengashining
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi PQ-5107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 07/21/5107/0434-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3287-son qaroriga 2-ILOVA
2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyni jihozlash va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv-laboratoriya uskunalari va moddiy-texnika resurslari
Izoh: TIF TN boʻyicha yakuniy tovar kodlari ular bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgandan soʻng aniqlanadi.