PQ-3292-son Qaror · 27.09.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3292
  • Qabul qilingan sana:27.09.2017
  • Kuchga kirgan sana:29.09.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3292/0029

[Koʻchirma]

Milliy kino sanʼatini yanada rivojlantirish, mahalliy kino va video mahsulotlarini koʻpaytirish hamda keng ommaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholining, ayniqsa yoshlarning boʻsh vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-sonli qaroriga 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 27-sentabr,

PQ-3292-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qaroriga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-sonli qaroriga kiritiladigan

1. 4- va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2017 — 2019-yillarda respublika hududlarida zamonaviy kinoteatrlar (keyingi oʻrinlarda — kinoteatrlar) tarmogʻini barpo etish (qurish) toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

5. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK bilan birgalikda texnik topshiriq va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini har tomonlama oʻrganish asosida 2018-yilning 1-yanvarigacha maydonlarida zamonaviy kinozallar (2-qavat) va savdo-koʻngilochar obyektlar (1-qavat) joylashtirilishini nazarda tutgan holda, kinoteatrlarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin.”.

2. 11-bandda:

ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli tashabbuskorlar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan kinoteatrlarni barpo etish (qurish), ularni jihozlash va faoliyatini boshlashning aniq muddatlarini nazarda tutgan holda kinoteatrlar tarmogʻini 2017 — 2019-yillarda respublika hududlari boʻyicha barpo etish (qurish) jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin”;

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“yagona repertuar siyosatini olib borish maqsadida umum respublika kino prokati konsepsiyasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va 2018-2019-yillarda amalga oshirsin”;

uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.