PQ-3423-son Qaror · 04.12.2017

Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik yigʻimlari tarifiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3423
  • Qabul qilingan sana:04.12.2017
  • Kuchga kirgan sana:04.12.2017
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4861-son Farmonining 6-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3217-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlariga ish haqi toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tarifiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 4-dekabr,

PQ-3423-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-dekabrdagi PQ-3423-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik yigʻimlari tarifiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. 4-moddada:

a) birinchi xatboshidagi “obiknovennie i turisticheskiye” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) quyidagi mazmun xatboshilari bilan toʻldirilsin:

“za turistskuyu vizu:

Izoh: koʻp martalik turistik vizalarni rasmiylashtirish uchun tarif stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

2. 5-moddaning uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.