PQ-3429-son Qaror · 11.12.2017

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3429
  • Qabul qilingan sana:11.12.2017
  • Kuchga kirgan sana:12.12.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3429/0402

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish uchun javobgarlikni topshirish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida qirgʻiz tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasin.

4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 11-dekabr,

PQ-3429-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.