PQ-3615-son Qaror · 19.03.2018

Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3615
  • Qabul qilingan sana:19.03.2018
  • Kuchga kirgan sana:22.03.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3615/0922

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq:

1. Quyidagilar:

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Moliya razvedkasi boʻlinmalari rahbarlari kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga (Ashxobod, 2012-yil 5-dekabr):

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Moliya razvedkasi boʻlinmalari rahbarlari kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartishlar kiritish haqidagi Protokolga (Minsk, 2014-yil 10-oktabr) qoʻshilish maʼqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mazkur xalqaro shartnomalar amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi hamda ularni amalga oshirishda javobgar boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 19-mart,

PQ-3615-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.