PF-5769-son Farmon · 19.07.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5769
  • Qabul qilingan sana:19.07.2019
  • Kuchga kirgan sana:20.07.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5769/3450

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 19-iyul,

PF-5769-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PF-5769-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmonida:

(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)

b) 3-ilovada:

7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“‎ 7.‎ N.T. Yoʻldoshev ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori‎ ”;‎

quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:

“Izoh. Maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4235-son qarorida:

11-bandning ikkinchi xatboshidagi “T.K. Narbayeva” soʻzlari “E.I. Basitxanova” soʻzlari bilan almashtirilsin;

1-ilovaning 1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“‎ 1.‎ T.K. Narbayeva —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Komissiya raisi ‎ 2.‎ E.I. Basitxanova ‎ —‎ ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari ‎ ”;‎‎

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.