PF-5880-son Farmon · 22.11.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5880
  • Qabul qilingan sana:22.11.2019
  • Kuchga kirgan sana:23.11.2019
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5880/4044

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasini yanada mustahkamlash, xotin-qizlar huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini kuchaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 22-noyabr,

PF-5880-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-noyabrdagi PF-5880-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish

2 va 3-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparatining

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 32 nafardan iborat.

Texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatlarining

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitalari ijro apparatlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 5 nafardan, jami 70 nafardan iborat.

Texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida belgilanadi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.