PF-5881-son Farmon · 22.11.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5881
  • Qabul qilingan sana:22.11.2019
  • Kuchga kirgan sana:23.11.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5881/4045

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4331-son va 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4337-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, davlat aktivlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 22-noyabr,

PF-5881-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-noyabrdagi PF-5881-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida eksport qilinadigan buyumlar va mahsulotlar roʻyxatining rus tilidagi matni “Kod TN VED” ustunida:

1-pozitsiyadagi “0101 — 0105” raqamlari “0101 — 0105 (krome 010511, 0105940000)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

2-pozitsiyadagi “0208 90 700 0” raqamlari “0208 90 700 0, 0209” raqamlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoni bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning rus tilidagi matni 31-pozitsiyasi “Naimenovaniye meropriyatiy” ustuni uchinchi xatboshisidan “na usloviyax gosudarstvenno-chastnogo partnerstva” soʻzlari chiqarib tashlansin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4300-son qaroriga 1-ilovaning “Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.