PQ-4705-son Qaror · 06.05.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4705
  • Qabul qilingan sana:06.05.2020
  • Kuchga kirgan sana:07.05.2020
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4705/0547

Mamlakatimiz transport tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, sohada ilgʻor va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 6-may,

PQ-4705-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi PQ-4705-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish

2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi markaziy apparati tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 152 nafar.

* Markaziy apparatning umumiy shtat birligiga kirmaydi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.