PQ-3027-son Qaror · 01.06.2017

2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini oʻz muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3027
  • Qabul qilingan sana:01.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:01.06.2017

[Koʻchirma]

Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻla qondirish, bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash, qish-bahor oylari uchun mahsulotlar zaxirasini yaratish uchun 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga oziq-ovqat ekinlarining tezpishar navlarini takroriy ekin sifatida qisqa muddatlarda ekish, agrotexnika tadbirlarini oʻz muddatlarida oʻtkazish, ularga talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan yigʻib-terib olish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1a ― 1n-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 2a ― 2n-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga sabzavot ekinlarini ekish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga poliz ekinlarni ekish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga kartoshka ekish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga moyli (kungaboqar, soya) ekinlarni ekish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish prognoz koʻrsatkichlari 6-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlari hajmlari 7-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

2. Takroriy ekinlarni ekish, yetishtirish, olingan mahsulotlarni qish-bahor mavsumiga zaxiraga gʻamlash hamda ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasi (Aripov):

takroriy ekinlarning ekilishini tizimli tashkil etish, agrotexnika tadbirlarini optimal muddatlarda bajarilishi, talab etiladigan yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar va resurslarni oʻz vaqtida yetkazib berilishi, yetishtirilgan mahsulotni zaxiraga jamgʻarish, ichki va tashqi bozorlarga sotish hamda qilingan xarajatlarni qoplash ishlarini muvofiqlashtirib borish va nazorat qilishni;

takroriy ekindan olinadigan mahsulotlarni qish-bahor oylariga gʻamlash uchun sotib oluvchi buyurtmachilarni aniqlash va ular tomonidan fermer xoʻjaliklari bilan oʻzaro shartnoma tuzilishini, oldindan avans toʻlovlari va yakuniy toʻlovlarni amalga oshirishni;

takroriy ekinlardan olinadigan mahsulotlarni qish-bahor oylarida saqlash uchun sovutkichli omborxona obyektlarini aniqlab, ushbu obyektlarga mahsulotlar jamgʻarilishini;

qish-bahor oylari uchun jamgʻariladigan mahsulotlarni 2018-yilning may oyigacha ichki bozorlarga reja asosida chiqarib, intervensiya qilish boʻyicha reja-jadvallarni tasdiqlab, amalga oshirilishini;

har oyda ikki marta takroriy ekinlarni ekish, yetishtirish, olingan mahsulotlarni qish-bahor mavsumiga zaxiraga gʻamlash, ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tanqidiy muhokama qilib borishni taʼminlasin.

3. Takroriy ekinlarning ekilishini tizimli tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhi (Mirzayev):

boshoqli don ekilgan va oʻrilgan maydonlarni peshma-pesh somondan tozalash, shudgorlash va takroriy ekinlarni optimal muddatlarda ekish ishlari tashkil etilishi;

ekilgan ekinlarni sugʻorish, parvarishlash, oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bilan bogʻliq agrotexnika tadbirlarini oʻtkazilishini doimiy ravishda nazorat qilish va monitoringini yuritish;

mahsulot yetishtiruvchilar bilan taʼminotchi, xizmat koʻrsatuvchi va qayta ishlash korxonalari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini va shartnoma shartlarining bajarilishi;

ajratilgan suv limiti, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy vositalar, yonilgʻi-moylash mahsulotlaridan qatʼiy ravishda belgilangan maqsadlarda foydalanilishi;

oʻsimliklar zararkunandalariga qarshi kurashish ishlarining tizimli tashkil etilishi, biomahsulotlar va zarur texnika bilan belgilangan muddatlarda taʼminlanishi;

yetishtirilgan hosilni oʻz vaqtida yigʻib-terib olish, belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib berish va sotish ishlari tashkil etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.

4. Boshoqli don ekinlari oʻrniga ekilgan takroriy ekinlarning eksportbop turlarini aniqlab, ularni eksportyor korxonalar orqali tashqi bozorlarga sotilishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhi (Rozuqulov):

joriy yilning 15-iyunigacha tumanlar hokimlarining qarori bilan tasdiqlangan takroriy ekinlarni ekish va yetishtirish prognozlarida eksportbop mahsulotlarni yetishtirish va eksportga chiqarishning aniq hajmlarini ishlab chiqish;

eksportyor korxonalar bilan fermer xoʻjaliklari oʻrtasida eksportbop mahsulotlar uchun shartnomalar tuzilishi, avans va yakuniy mablagʻlari toʻlanishini;

shartnoma asosida fermer xoʻjaliklari tomonidan belgilangan hajmlarda mahsulotlarni yetkazib berish va ushbu mahsulotlarni eksportga joʻnatish ishlarini tashkil etsin.

5. Takroriy ekinlarni ekish va yetishtirish uchun mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash materiallarini yetkazib berish, hisob-kitobini amalga oshirish va debitor qarzdorliklarni oshishini oldini olish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhi (Ibragimov):

fermer xoʻjaliklariga boshoqli don ekinlaridan boʻshagan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish va parvarishlash uchun mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash materiallarini yetkazib berish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan bir hafta muddatda fermer xoʻjaliklari tomonidan takroriy ekindan olingan mahsulotni sotish hisobidan yetkazib berilgan mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlari uchun qarzdorliklarni 2018-yilning 1-apreliga qadar toʻliq qaytarish grafiklarini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;

qarzdorliklarni tizimli undirish maqsadida fermer xoʻjaliklariga “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzdonmaxsulot” aksiyadorlik kompaniyasidan vakillar biriktirish;

takroriy ekin turlari boʻyicha aniqlangan talablar asosida mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat oʻrnatish ishlarini tashkil etsin.

Takroriy ekin hisobidan olinadigan daromadlarni birinchi navbatda fermer xoʻjaliklarining taʼminotchi va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar oldidagi kreditorlik qarzlarini qoplashga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.

6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda takroriy ekinlarning ekilishini tizimli tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha vazirlik va idoralardan hamda respublika tijorat banklaridan biriktirilgan ishchi guruhi tarkibi 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:

joriy yilning 5-iyuniga qadar hududlarning tuproq-iqlim, suv taʼminoti sharoitlarini inobatga olgan holda takroriy ekin turlarini fermer xoʻjaliklari kesimida joylashtirishni tumanlar hokimlari qarori bilan tasdiqlash;

gʻalladan boʻshagan maydonlarni somondan tozalashni tashkil qilish, ekin turlarini fermer xoʻjaliklari kesimida joylashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida;

takroriy ekinlarni ekish uchun yerlarni shudgorlash, yer tayyorlash, ekish va parvarishlash ishlarini moddiy-texnika resurslari, shu jumladan urugʻlik, mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash mahsulotlari va boshqa resurslar bilan taʼminlash masalalarini muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida ishchi guruhlar tashkil etish vazifasi yuklansin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining fermer xoʻjaliklari kesimida takroriy ekinlardan ekib, olinadigan hosilni qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga jamgʻarish, ichki bozorga sotish, eksportga sotish orqali valyuta tushumini taʼminlash hamda debitor qarzdorliklarni 2018-yil 1-aprelgacha yopish boʻyicha bergan kafolatlari;

Toshkent shahri hokimining shahar aholisi uchun qish-bahor mavsumiga zaxiraga jamgʻarish uchun respublika tumanlaridan fermer xoʻjaliklari bilan shartnoma tuzish, avans va yakuniy toʻlovlarni amalga oshirish hamda aniq muzlatkichli omborxonalarda jamgʻarish yuzasidan bergan kafolati inobatga olinsin.

9. Takroriy ekinlarni toʻliq hajmlarda ekilishi, koʻzlangan hosilni olinishi hamda belgilangan maqsadlarda ishlatilishiga Respublika komissiyasi, ishchi guruhlar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlarining asosiy koʻrsatkichlari 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni toʻliq joriy qilinishini taʼminlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishda talab etiladigan kredit mablagʻlarini ajratish tavsiya etilsin.

11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hamda “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati:

boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarda yetishtirilgan sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarining davlat buyurtmasi asosida, dehqon va fermer xoʻjaliklari bilan kelishilgan bozor narxlarida xarid qilinishini va ularning eksport qilinishida amaliy yordam berishni;

fermer xoʻjaliklari bilan mahsulot yetkazib berish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini;

shartnomalarga muvofiq fermer xoʻjaliklariga urugʻlik, mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlarining avans tariqasida yetkazib berilishini taʼminlaydilar.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:

2017-yilning 5-iyunigacha boʻlgan muddatda mahsulot yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va buyurtmachilar oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish;

2017-yilning 7-iyunigacha xoʻjaliklarga yuqori sifatli urugʻliklarni dorilangan va sertifikatlar mavjud boʻlgan taqdirda kamida 50 foiz haqini oldindan toʻlash sharti bilan yetkazib berilishini taʼminlash;

2017-yil 20-iyungacha boʻlgan muddatda fermer xoʻjaliklari bilan qayta ishlovchi, zaxiraga gʻamlash va eksport qiluvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarga shartnoma qiymatining 40 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans mablagʻlarini toʻlab berish choralarini koʻrish vazifasi yuklansin.

13. Fermer xoʻjaliklarining takroriy ekindan olinadigan daromadi va manfaatdorligini taʼminlash maqsadida:

fermer xoʻjaliklarining kontraktatsiya shartnomasida belgilangan hajmlardan ortiqcha miqdorda yetishtirgan mahsulotlari ularning oʻz ixtiyorida qolishi;

boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha ekish, yetishtirish hamda olinadigan hosil uchun shartnomalarni tuzish va xarid narxlarini belgilashda fermer xoʻjaliklarining moliyaviy barqarorligini va manfaatdorligini taʼminlash nuqtai nazaridan yondashilishi qatʼiy belgilab qoʻyilsin.

14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati rahbarlariga takroriy ekinlarni oʻz vaqtida toʻliq ekish, agrotexnika tadbirlarini belgilangan muddatlarda sifatli oʻtkazish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda takroriy ekinlarni ekish va uning agrotexnikasini amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablagʻlarni shakllantirish choralarini koʻrsinlar.

Belgilab qoʻyilsinki, boshoqli don ekinlaridan boʻshagan maydonlarga ekiladigan takroriy ekinlarni ekish va parvarishlash ishlari fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta va gʻalladan tashqari alohida ochilgan hisob-raqam orqali amalga oshiriladi.

16. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga oʻn kun muddatda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish uchun talab etiladigan yonilgʻi-moylash mahsulotlari va mineral oʻgʻitlarni davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjalik korxonalariga beriladigan narxlarda yetkazib berish vazifasi yuklatilsin.

Boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish va ularni parvarishlash uchun yonilgʻi-moylash mahsulotlari respublikada shakllangan narxlarga 10 foizgacha ustama qoʻyilishi orqali taʼminlab berilishiga rozilik berilsin.

18. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi 2017-yilning 1-iyuligacha hududiy boshqarmalarni jalb qilgan holda boshoqli don ekinlaridan boʻshagan maydonlarga ekilgan takroriy ekinlarni instrumental oʻlchovdan oʻtkazsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tegishli tijorat banklariga:

oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan kredit mablagʻlarini mahsulot yetishtiruvchi va xarid qiluvchi tashkilotlarga Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkalarda ajratish;

chet eldan olib kelinadigan urugʻlik, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari hamda ekish, yigʻishtirib olish va parvarishlash uchun talab qilinadigan maxsus texnika vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlarni oʻz vaqtida konvertatsiya qilish tavsiya etilsin.

20. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrgacha oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga moʻljallangan omborxona va muzlatkichlarni foydalanishga tayyor holatga keltirish va belgilangan hajmda mahsulotlarni jamgʻarish choralarini koʻrsinlar.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda:

respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlar navlarini joylashtirish va parvarishlash agrotexnikasi boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqsin va joylarga yetkazsinlar;

oziq-ovqat ekinlarini ekish va yetishtirish agrotexnikasi boʻyicha koʻrgazmali-amaliy oʻquv-seminarlarini tashkil etsinlar.

22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 1-iyun,

PQ-3027-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1a-ILOVA

Qorakalpogʻiston Respublikasida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1b-ILOVA

Andijon viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha jonlashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1v-ILOVA

Buxoro viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha jonlashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1g-ILOVA

Jizzax viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha jonlashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1d-ILOVA

Qashqadaryo viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha jonlashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1e-ILOVA

Navoiy viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1j-ILOVA

Namangan viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1z-ILOVA

Samarqand viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1i-ILOVA

Surxondaryo viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1k-ILOVA

Sirdaryo viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1l-ILOVA

Toshkent viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1m-ILOVA

Fargʻona viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 1n-ILOVA

Xorazm viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Reslublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2a-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2b-ILOVA

Andijon viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2v-ILOVA

Buxoro viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2g-ILOVA

Jizzax viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2d-ILOVA

Qashqadaryo viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2e-ILOVA

Navoiy viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2j-ILOVA

Namangan viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2z-ILOVA

Samarqand viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2i-ILOVA

Surxondaryo viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2k-ILOVA

Sirdaryo viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2l-ILOVA

Toshkent viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2m-ILOVA

Fargʻona viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 2n-ILOVA

Xorazm viloyatida 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy sabzavot va dukkakli ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga sabzavot ekinlarini ekish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 4-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don zkinlaridan boʻshaydigan maydonlarga poliz ekish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 5-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don zkinlaridan boʻshaydigan maydonlarga kartoshka ekish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 6-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don zkinlaridan boʻshaydigan maydonlarga moyli (kungaboqar, soya) ekish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 7-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda boshoqli don ekinlaridan boʻshaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash mahsulotlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 8-ILOVA

Takroriy ekinlarni ekish, yetishtirish, olingan mahsulotlarni qish-bahor mavsumiga zaxiraga gʻamlash hamda ichki va tashqi bozorlarga sotish ishlarini tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi

Izox. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar tarkibga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 9-ILOVA

Takroriy ekinlarning ekilishini tizimli tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 10-ILOVA

Boshoqli don ekinlari oʻrniga ekilgan takroriy ekinlarning eksportbop turlarini aniqlab, ularni eksportyor korxonalar orqali tashqi bozorlarga sotilishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 11-ILOVA

Takroriy ekinlarni ekish va yetishtirish uchun mineral oʻgʻit va yonilgʻi-moylash materiallarini yetkazib berish, hisob-kitobini amalga oshirish va debitor qarzdorliklarni oshishini oldini olish boʻyicha ishchi guruhi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 12-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda takroriy ekinlarning ekilnshini tizimli tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha vazirlik va idoralar hamda respublika tijorat banklaridan biriktirilgan ishchi guruhi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi PQ-3027-sonli qaroriga 13-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2017-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlarining

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.