Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, aholi bandligini taʼminlash, mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish, har bir hududda sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarni yaxlit maydonlarga joylashtirish hamda plantatsiya usulida intensiv va mevali bogʻ hamda tokzorlar barpo etish orqali mahsulot yetishtirish, qayta ishlash hamda eksport hajmini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillar hosilidan qisqartiriladigan gʻalla maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarini 2021-2022-yillarda bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishlariga hamda sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarga ixtisoslashtirish koʻrsatkichlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborxona va issiqxona loyihalarining manzilli roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2021-2022-yillarda fermer xoʻjaliklarining qisqartiriladigan gʻalla maydonlarini belgilangan tartibda maqbullashtirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
mavjud yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmini oshirish uchun ekinlarni yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtirish hamda belgilangan eksportbop ekinlarning ekilishini taʼminlash;
qayta ishlash va eksport hajmlarini uch baravarga oshirish uchun qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborxonalar va logistika markazlarini 2021-2022-yillar davomida toʻliq ishga tushirish hamda ishlashini taʼminlash;
har bir tumanda urugʻlik va koʻchatlar bilan taʼminlash imkoniyatidan kelib chiqib, sabzavot ekinlari va kartoshka urugʻchiligiga hamda mevali daraxt va tok koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarini tashkil etish;
yaroqsiz deb topilgan, iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bogʻ va tokzorlar oʻrnida intensiv bogʻ va tokzorlar barpo qilish yoki eksportbop va serdaromad qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish choralarini koʻrsin.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini yanada rivojlantirish, ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tumanlardagi qishloq xoʻjaligi boʻlimlarining vazifalarini qayta koʻrib chiqib, takomillashtirish choralarini koʻrsin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida sertifikatlangan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar urugʻlarini hamda mevali daraxt va tok koʻchatlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan toʻlanadigan yer soligʻi uch yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) quyidagi choralarni koʻrsin:
a) Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) hamda Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda:
ixtisoslashtirilayotgan hududlarda yaxlitlikka jiddiy eʼtibor qaratgan holda 2-3 turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini bosqichma-bosqich plantatsiya usulida joylashtirish;
har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan taʼminlanganligini hisobga olib hamda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini toʻliq ekish;
b) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) va Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev) bilan birgalikda Yangiqoʻrgʻon tumanida organik mahsulotlar yetishtirish uchun xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, malakali mutaxassislarni jalb etgan holda fermer xoʻjaliklari va kooperatsiyalar rahbarlarini oʻqitish ishlarini tashkil etish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi PQ-233-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2024-y., 07/24/233/0450-son )
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) tijorat banklari bilan birgalikda Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishda tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
8. Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) bilan birgalikda Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida zamonaviy texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash boʻyicha yirik klaster korxonalarini tashkil etish uchun xorijiy investorlarni keng jalb qilish choralarini koʻrsin.
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Adliya vazirligi mazkur qarorning ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Ganiyev belgilansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyun va 2021-yil 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-yanvar,
PQ-4941-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4941-son qaroriga 1-ILOVA
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillar hosilidan qisqartiriladigan gʻalla maydonlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning
T/r Tumanlar nomi Jami qisqartiriladigan gʻalla maydoni, gektar Maqbullashtirilgan maydonlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish intensiv bogʻ tokzor sabzavot kartoshka dukkakli ekinlar moyli ekinlar 1. Kosonsoy 3 000 850 450 550 250 550 350 2. Chortoq 2 100 400 150 350 200 600 400 3. Yangiqoʻrgʻon 3 120 600 700 540 510 360 410 Jami 8 220 1 850 1 300 1 440 960 1 510 1 160
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4941-son qaroriga2-ILOVA
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarini 2021-2022-yillarda bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishlariga ixtisoslashtirish
gektar T/r Ixtisoslashgan hudud nomi Jami ixtisoslashgan yer maydoni Ixtisoslashuv Bogʻdorchilik Uzumchilik Bogʻdorchilikka ixtisoslashgan maydon shundan, mavjud bogʻ maydoni yangi bogʻ barpo etish shundan Uzumchilikka ixtisoslashgan maydon shundan, mavjud tokzor maydoni Yangi tokzor barpo etish shundan 2021-yil 2022-yil 2021-yil 2022-yil 1. Kosonsoy tumani 2 785 bogʻdorchilik, uzumchilik 1 999 1 149 850 463 387 786 380 450 250 200 2. Chortoq tumani 3 835 bogʻdorchilik, uzumchilik 2 539 2 139 400 220 180 1 296 1 146 150 83 67 3. Yangiqoʻrgʻon tumani 8 600 bogʻdorchilik, uzumchilik 6 021 5 421 600 330 270 2 579 1 879 700 385 315 Jami 15 220 10 559 8 709 1 850 1 013 837 4 661 3 405 1 300 718 582
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4941-son qaroriga3-ILOVA
viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarini 2021-yilda sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarga ixtisoslashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4941-son qaroriga4-ILOVA
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4941-son qaroriga5-ILOVA
Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida 2021-2022-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborxona va issiqxona loyihalarining