[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi koʻp jihatdan ustuvor sohalarni, jumladan kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati (keyingi oʻrinlarda — kimyo sanoati) taraqqiyotiga bevosita bogʻliqdir.
Soʻnggi yillarda sohada yaratilgan poydevor kimyo sanoati salohiyatini yaqin 3 — 5 yil davomida barqaror oʻsish dinamikasini taʼminlay oladi. Biroq, kimyo sanoatining barcha yoʻnalishlarini uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga mustahkam zamin yaratish uchun sohani transformatsiya qilish jarayonlarini, eng ilgʻor xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda jadallashtirish zarurligini taqozo etmoqda.
Oʻzbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning yangi sharoitida kimyo sanoatini rivojlantirishning strategik qayta shakllantirilishi maqsadida:
1. Kimyo sanoatini transformatsiya qilishning quyidagi uzoq muddatli asosiy muhim yoʻnalishlari belgilansin:
texnologik transformatsiya — mahalliy xom ashyodan yarim tayyor mahsulotlarni, shu jumladan organik sintez va nanotexnologiyalar orqali ishlab chiqarishning yangi quvvatlari negizida xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish. Bunda, qayta ishlanmagan xom ashyo (tabiiy gaz, sanoat tuzlari, paxta sellyulozasi, sirka kislotasi va boshqalar) resurslarini mamlakat hududida chuqur qayta ishlashni tashkil etish orqali ularni xom ashyo sifatida eksport qilinishini bosqichma-bosqich qisqartirish;
xoʻjalik munosabatlari tizimini transformatsiya qilish — birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan kimyo sanoati korxonalari oʻrtasidagi munosabatlar sohasida davlat tomonidan aralashuvga chek qoʻyish va eskicha reja-taqsimlash tizimidan batamom voz kechish;
mulkiy munosabatlar tizimini transformatsiya qilish — sohada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xususiy kapitalni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali kimyo korxonalarida davlat ulushini keskin kamaytirish va kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish, shuningdek, korxonalar faoliyatiga davlat hokimiyati organlari aralashuvining oldini olish;
raqamli transformatsiya — moliyaviy, moddiy va kadrlarga oid resurslar harakatini boshqarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni markirovkalash, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish tizimlarini joriy etish uchun sohaga zamonaviy dasturiy taʼminot tizimlarini tatbiq etish;
ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi munosabatlar transformatsiyasi — innovatsiya jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi — sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan taʼminlash.
2. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi va konsultantlarning tavsiyalari asosida kimyo sanoatidagi islohotlarning oʻz vaqtida muvofiqlashtirilishini, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlari, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotni sotishning barcha bosqichlarida joriy etishni taʼminlashni nazarda tutuvchi “Kimyo sanoatida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. 2021-yildan boshlab, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda asosan xususiy, shu jumladan xorijiy investorlar va texnologik sheriklarni jalb qilishni nazarda tutuvchi “Kimyo va gaz-kimyo sanoatida texnologik klasterlarni yaratish boʻyicha ochiq hamkorlik dasturi” (keyingi oʻrinlarda — Dastur) joriy etilsin. Bunda:
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini (loyihalarini) klasterlarning tarkibida yirik texnologik majmualarga tutash hududlarda yoki boʻsh maydonlarda tender (tanlov)lar asosida joylashtirish;
yuqori qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini kimyoviy xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida yaratish inobatga olinsin.
Belgilansinki, Dasturga quyidagi texnologik klasterlar kiritiladi:
“Navoiyazot” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ, Ustyurt va Shoʻrtan gaz-kimyo majmualari hamda sintetik suyuq yoqilgʻini ishlab chiqarish zavodining ishlab chiqarish va unga tutash hududlari;
transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari tugagandan soʻng, jamiyatlarning vakolatli boshqaruv organlari qarorlari asosida “Fargʻonaazot” AJ va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish va unga tutash hududlari.
4. Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, uglevodorodlar va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash orqali sohani diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish obyektlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulot turlarini kengaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va amalga oshirish muddatlari jadallashtiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
umumiy qiymati 1 176 mln AQSH dollarga teng, shundan 700 mln AQSH dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan 2021 — 2025-yillarda kimyo korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalanish orqali yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan 16 ta yangi investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
kimyo sanoatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan eksportbop, import oʻrnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. “Oʻzkimyosanoat” AJ:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Dasturga kiritish uchun yangi loyihalar va takliflar tayyorlash ishlarini tizimli asosda tashkil etsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli investorlar va hamkorlarni tanlash boʻyicha ochiq tanlov tayyorlanishi va oʻtkazilishini, shuningdek, Dastur doirasida joylashtiriladigan yangi loyihalar boʻyicha takliflar berilishini taʼminlasin.
Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va tarmoqlararo kooperatsiyani tashkillashtirish, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi xususiy va xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarga ustuvorlik beriladi.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi va konsultantlarning tavsiyalari asosida respublikaning xom ashyo resurslari salohiyati va infratuzilmasini rivojlantirish ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlagan holda, 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Mazkur dasturni ishlab chiqishda klasterlar (texnologik zanjirlar) tamoyili boʻyicha bazaviy yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini asosan xom ashyoni qazib olish va (yoki) dastlabki ishlov berish korxonalari atrofida barpo etish va joylashtirish nazarda tutilsin. Bunda, yakuniy tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlari, investorlarning tashabbus-istaklaridan kelib chiqqan holda, respublikaning istalgan hududida tashkil etilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilsin.
7. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi:
bir oy muddatda Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va taʼlim klasterini tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — ilmiy klaster) konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
xalqaro ekspertlar va kompaniyalarni, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida jalb qilgan holda, 2021-yil 1-sentabrga qadar, bosqichma-bosqich, ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini (akademik binolar, laboratoriya inshootlari, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun turar-joylar, zarur materiallar, asbob-uskunalar va inventarlar) barpo etish boʻyicha loyihaviy yechimlarni, shuningdek, taʼlim yoʻnalishlari va oʻquv dasturlarini kimyo sanoatini uzoq muddatli rivojlantirishning ilgʻor xalqaro tendensiyalari bilan uzviy bogʻliqlikda ishlab chiqsin.
8. Ilmiy klasterni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
loyihaviy takliflarni va ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari roʻyxatini koʻrib chiqib, uning moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish va yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish;
qurilishning oʻz vaqtida moliyalashtirilishi va ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishini taʼminlash ustidan nazoratni tashkil etish.
9. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi Xalqaro moliya korporatsiyasini jalb qilgan holda uch oy muddatda “Fargʻonaazot” AJ ustav kapitalidagi davlat va “Oʻzkimyosanoat” AJning yirik ulushini hamda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJning yirik ulushini 2021-yil 1-noyabrga qadar savdoga chiqarish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanishini taʼminlasin.
15. “Oʻzkimyosanoat” AJ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2024-yilga qadar, bosqichma-bosqich, “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini, moliyaviy, xoʻjalik va tashkiliy faoliyatni boshqarish va monitoring qilish, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, yetkazib berish va ulardan foydalanishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etsin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ talabiga koʻra, kimyo sanoati korxonalarining yuqori tezlikdagi maʼlumot uzatish tarmoqlariga ulanishini taʼminlasin.
16. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari G.K. Saidova — kimyo sanoatida transformatsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni hamda bu borada muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishga;
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari O.Z. Nasritdinxojayev — kimyo sanoati korxonalarini transformatsiya qilish dasturi, operatsion samaradorlik va zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda mineral oʻgʻitlarni sotishda bozor mexanizmlarini keng joriy etishga;
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari B.K. Abdinazarov — respublikaning xom ashyo resurslari salohiyati va infratuzilmani rivojlantirish ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlagan holda, 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga;
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Sh.A. Vafayev — kimyo va gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqiladigan, birinchi navbatda, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida salohiyatli investorlarni va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etishga;
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamahmudov — kimyo sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bazaviy yarim tayyor va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish orqali sohaning eksport salohiyatini kengaytirish va import hajmini keskin qisqartirish, tarmoq korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-fevral,
PQ-4992-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va amalga oshirish muddatlari jadallashtiriladigan investitsiya loyihalarining
Izohlar:
1. Mazkur Roʻyxatdagi tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda aniqlik kiritilishi mumkin.
2. Loyihalarning parametrlariga loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga 2-ILOVA
2021 — 2025-yillarda kimyo korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalanish orqali yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalari
Izohlar:
1. Mazkur Roʻyxatdagi loyihalarni amalga oshirish muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
2. Loyihalarning parametrlariga loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga 3-ILOVA
Kimyo sanoatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan eksportbop, import oʻrnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha
Izohlar:
1. Mazkur “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish mexanizmi va muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
2. Loyihalarning parametrlariga loyihalar hujjatlari ishlab chiqilishi asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga 4-ILOVA
Ilmiy klasterni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida har tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2982-son qaroriga 1-ilovaning 59-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3246-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisi “materiallar” soʻzidan keyin “tovarlar, xizmatlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 8-bandda:
beshinchi xatboshidan “bankning uch ish kuni davomida,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Zarurat tugʻilganda, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning bank hisobvaragʻida jamgʻarib borilgan valyuta mablagʻlari, tuzilgan import shartnomalariga toʻlov sifatida hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan olingan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltirilishi mumkin”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi “materiallarni” soʻzidan keyin “tovarlarni, xizmatlarni” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3406-son qaroriga 2-ilovaning 3 va 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3997-son qaroriga 3-ilovaning 36-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4145-son qaroriga 3-ilovaning rus tilidagi matnida:
21 — 25-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
26-pozitsiyaning “Naimenovaniye dokumenta” ustunidagi “udobreniy i melamina” soʻzlari “slojnix udobreniy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4256-son qaroriga 3-ilovaning 5-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4265-son qarorida:
a) 3-bandda:
“b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“d” kichik bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning 5 — 8, 11, 14, 18, 21, 24 — 28 va 30-31-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning 9 va 11-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4301-son qaroriga 3-ilovaning 3 — 5-pozitsiyalari hamda 4-ilovaning 7-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-maydagi “Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4308-son qaroriga 2-ilovaning 9, 16 va 18-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4553-son qaroriga 3-ilovaning 5, 10, 12 — 14-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.