PQ-4995-son Qaror · 17.02.2021

2021-2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4995
  • Qabul qilingan sana:17.02.2021
  • Kuchga kirgan sana:17.02.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/4995/0124

Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish, yangi bogʻ va uzumzorlarni tashkil etish, pillachilik va chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini va veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish, shuningdek, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, tibbiy va aloqa xizmatlari sifatini oshirish maqsadida:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur):

2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;

2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;

2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida mevali bogʻ, uzumzor va tutzorlar maydonlarini kengaytirish, chorva mollari bosh sonini koʻpaytirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

2021-2022-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida ijtimoiy, energetika va telekommunikatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha manzilli dastur 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2024-yil 1-yanvarga qadar:

yangi tashkil qilinadigan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan klaster tashkilotlari yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, foyda soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy miqdordagi daromad soligʻining;

jismoniy shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻining 50 foizini toʻlashdan ozod qilinsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)

4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan markazlashtirilgan manbalar hisobiga joriy yilda moliyalashtiriladigan loyihalarni:

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini 2021-yil uchun moʻljallangan parametrlari doirasida koʻzda tutsin;

kelgusi yillar uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin.

5. Qurilish vazirligi:

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi, Uzun tumani hokimligi bilan birgalikda Bobotogʻ hududining shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan uchastkalarida mazkur hududni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish boʻyicha yangi quriladigan obyektlarni joylashtirishni taʼminlasin;

buyurtmachi va loyihachi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifati boʻyicha nazorat oʻrnatsin.

6. Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari bir oy muddatda salohiyatli tadbirkorlarga Bobotogʻ hududida qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini biriktirib bersin hamda sabzavot-polizchilik, mevali bogʻ va uzumchilik, chorvachilik yoʻnalishidagi klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻysin.

7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Uzun tuman tibbiyot birlashmasining mavjud shtat birliklari doirasida Bobotogʻ hududiy boʻlimida tunu-kun xizmat koʻrsatuvchi navbatchi hamshiralik guruhini tashkil etish choralarini koʻrsin.

8. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2021-yil 1-aprelga qadar Bobotogʻ hududida konteyner tipidagi zooveterinariya shoxobchasini tashkil etsin va unga “Damas” rusumli xizmat avtomobili ajratilishini taʼminlasin.

9. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Xamzayev) 2021-2022-yillarda Surxondaryo viloyati Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligining togʻ va togʻoldi hududlarida 1400 gektar maydonda pista plantatsiyalarini barpo etishga masʼul etib belgilansin.

10. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida noruda foydali qazilmalar istiqbolli maydonlari roʻyxatini shakllantirsin va geologik jihatdan oʻrganish uchun belgilangan tartibda tashabbuskorlarga taklif etsin.

11. Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kelgusi uch oʻquv yili davomida Uzun tumani Bobotogʻ hududidagi yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish, yuqori malakali pedagog va tibbiyot xodimlarini tayyorlash, taʼlim va tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida davlat grantlari boʻyicha kvotalarni oshirish limitlari doirasida Surxondaryo viloyatidagi pedagogika va tibbiyot yoʻnalishlaridagi oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha maxsus kvotalar ajratilishini taʼminlasin.

Bunda, maxsus kvota boʻyicha oʻqishga qabul qilingan yoshlar oliy maʼlumotga ega boʻlganidan soʻng, oʻz hududida kamida 5 yil davomida mehnat qilishi nazarda tutilsin.

12. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Denov tumanidagi “Nurli kelajak”, “Jiydabuloq”, “Bobotogʻ”, “Paxlavon” va “Doʻgʻob” mahallalarini Uzun tumaniga oʻtkazish hamda Uzun va Denov tumanlari chegarasini oʻzgartirish masalalari yuzasidan iltimosnomalarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

13. Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimining Bobotogʻ hududini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholining ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini taʼminlash;

hududning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar bilan jihozlash tadbirlarini amalga oshirish;

ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini taʼmirlash, jihozlarini yangilash, hududlarini obodonlashtirish, sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;

yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish.

14. Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Moliya vazirligi Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin.

Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi bir oy muddatda Uzun tumani hokimining Bobotogʻ hududini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalarini tasdiqlasin.

15. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “Qishloqqurilishinvest” IK, Surxondaryo viloyati hokimligi 2021-yil oxiriga qadar Bobotogʻ hududida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari uchun namunaviy (koʻp qavatli 30 xonadonli turar joy binolari) loyihalar asosida xizmat uylari qurilishini taʼminlasin.

16. Surxondaryo viloyati va Uzun tumani hokimliklari:

manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha tadbirlar ijrosini hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;

har chorak yakuni boʻyicha qarorda nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini xalq deputatlari viloyat va tuman kengashlari yigʻilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.

17. Vazirlar Mahkamasi (A.J. Ramatov):

tegishli davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari tomonidan mazkur qarorda nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlar va chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;

muammoli masalalarni muntazam ravishda oʻrgansin hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrsin;

zaruratga koʻra, belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, loyihalarning qiymati va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.

18. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga mazkur qarorda nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlar va chora-tadbirlarning oʻz vaqtida hamda toʻliq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.

19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 17-fevral,

PQ-4995-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga 1-ILOVA

2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida qayta foydalanishga kiritiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga2-ILOVA

2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va yerlarning suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar

* Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng, bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga3-ILOVA

2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining

* Loyiha hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng, loyiha qiymatiga aniqlik kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga4-ILOVA

2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida mevali bogʻ, uzumzor va tutzorlar maydonlarini kengaytirish, chorva mollari bosh sonini koʻpaytirishning prognoz koʻrsatkichlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga5-ILOVA

2021-2022-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududida ijtimoiy, energetika va telekommunikatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha

* Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng, bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4995-son qaroriga6-ILOVA

Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy

Hokimning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisiTuman hokimiYordamchiHokimning chegara masalalari boʻyicha yordamchisiHokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariHokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokim oʻrinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻiHokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻiHokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariBobotogʻ hududini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariHokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻiHokimning xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi**Tashkiliy-nazorat guruhi:Guruh rahbari — 1Yetakchi mutaxassis — 12boshmutaxassis — 1boshmutaxassis — 1boshmutaxassis — 1boshmutaxassis — 1boshmutaxassis — 1yetakchimutaxassis — 1Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi2Bosh yuriskonsult1Buxgalteriya1Devonxona2

boshqaruv xodimlari soni jami: 25 nafar

** — hokim oʻrinbosari maqomida

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.