PQ-5097-son Qaror · 29.04.2021

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5097
  • Qabul qilingan sana:29.04.2021
  • Kuchga kirgan sana:29.04.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5097/0385

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2020-yil 6-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasida axborot hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 29-aprel,

PQ-5097-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.