Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6159-son Farmoni hamda 2020-yil 30-iyuldagi “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4795-son, 2020-yil 9-sentabrdagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4821-son, 2020-yil 15-oktabrdagi “Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4863-son, 2021-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4975-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-aprel,
PF-6217-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmoniga 5-ilovada:
qirq ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
qirq uchinchi — elliginchi xatboshilar tegishincha qirq ikkinchi — qirq toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoniga 2-ilovaning 63 va 66-pozitsiyalari “Masʼul ijrochilar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmonida:
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
v) 5-ilovaning 59-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoniga 2-ilovaning 8-pozitsiyasi “Ijro uchun masʼullar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 62-pozitsiyasi “Ijro uchun masʼullar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5995-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 42, 45, 46 va 47-pozitsiyalari “Masʼul ijrochilar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2520-son qarorida:
a) 2-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2718-son qaroriga 1-ilovada:
oʻn ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3059-son qaroriga 2-ilovadagi “X.F. Botirov — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Samarqand boʻlimi rahbari” soʻzlari “lavozim boʻyicha — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son qarorida:
a) 1-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilarning faoliyatini rivojlantirishga va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish hamda ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda bevosita ishtirok etish”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kooperatsiya asosida ishlaydigan klasterlar va eksport qiluvchi tashkilotlarni mahsulot yetishtiruvchilarga biriktirish;
mahsulot yetishtiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish;
xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish va eksport qilish borasidagi ishlarni tashkillashtirish”;
sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oʻn birinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari tegishlicha 3 va 4-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Rayosati Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparati tuzilmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatlari tuzilmasiga belgilangan boshqaruv xodimlari umumiy soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
v) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda xotin-qizlarga hamda yoshlarga fermer va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari ajratish haqida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) komissiyasiga tavsiyalar berish”;
g) 4-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining
e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparatining
* Kengash ijro apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni — 34 nafar”;
j) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
* Hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni — 10 nafar”;
z) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
* Tuman (Quvasoy shahar) kengashlari ijro apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni — 3 nafar”;
i) 5 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3586-son qarorida:
a) 9-bandda “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilovaning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xomashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3617-son qarorida:
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
b) 19-banddan “hamda “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi raisi T.A. Jalilov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(14-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorida:
a) 9-bandning “b” kichik bandida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar “Agrobank” ATB” soʻzlaridan keyin “Turonbank” ATB” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga”;
toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 10-bandning birinchi xatboshisidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 13-bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat roʻyxatidan oʻtgan” soʻzlari “davlat roʻyxatidan oʻtib, Kengash tomonidan yuritiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar reyestriga kiritilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 15-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi “, qishloq xoʻjaligi kooperativlariga xotin-qizlar aʼzo boʻlib kirganda, ularning ulushi sifatida subsidiyalar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) ilovaning 5 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3702-son qaroriga 6-ilovaning “1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” boʻlimi “1.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” bobi 12-pozitsiyasidagi “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3703-son qaroriga 6-ilovada:
a) “Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” boʻlimida:
10-pozitsiyaning 2-bandidagi “uyushmasi va “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining” soʻzlari “uyushmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-pozitsiyaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) “Magistratura mutaxassisliklari” boʻlimining 11-pozitsiyasi 1-bandidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining goʻsht, sut, baliq va asalni qayta ishlaydigan korxonalarni (Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3704-son qarorida:
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining kadrlar buyurtmachilari roʻyxati va ularga taqsimlangan talabalar soni 5-ilovaga hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining amaliyot oʻtash obyektlariga biriktirilishi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 5-ilovada:
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining kadrlar buyurtmachilari roʻyxati va ularga taqsimlangan talabalar soni*”;
“Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari” boʻlimida:
“Talabalar soni” ustunidagi “1850” raqami “1820” raqami bilan almashtirilsin;
“Toshkent davlat agrar universiteti boʻyicha” bobida:
“Talabalar soni” ustunidagi “750” raqami “740” raqami bilan almashtirilsin;
8-pozitsiya chiqarib tashlansin;
“Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali boʻyicha” bobida:
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti boʻyicha”;
“Talabalar soni” ustunidagi “500” raqami “490” raqami bilan almashtirilsin;
7-pozitsiya chiqarib tashlansin;
“Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali boʻyicha” bobida:
“Talabalar soni” ustunidagi “300” raqami “295” raqami bilan almashtirilsin;
7-pozitsiya chiqarib tashlansin;
“Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali boʻyicha” bobida:
“Talabalar soni” ustunidagi “300” raqami “295” raqami bilan almashtirilsin;
6-pozitsiya chiqarib tashlansin;
“Magistratura mutaxassisliklari” boʻlimida:
“Talabalar soni” ustunida “121” raqami “115” raqami bilan almashtirilsin;
“Toshkent davlat agrar universiteti” bobida:
“Talabalar soni” ustunida “87” raqami “81” raqami bilan almashtirilsin;
6-pozitsiya chiqarib tashlansin;
“Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali” bobida bobning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti”;
“Hammasi” pozitsiyasining “Talabalar soni” ustunida “1971” raqami “1935” raqami bilan almashtirilsin;
g) 6-ilovada:
“I. Toshkent davlat agrar universiteti” boʻlimida:
“1.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” bobida:
5-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustuni 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
15-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustuni 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
19-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustuni 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“1.2. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha” bobida:
16-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustuni 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“IV. Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali” boʻlimining “4.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” bobi 12-pozitsiyasi “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustuni 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4292-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bilim tarqatuvchi mutaxassis va trenerlarni tayyorlash uchun Toshkent davlat agrar universiteti hamda uning filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti huzurida oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyat koʻrsatadigan agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etilishini taʼminlasin”.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4406-son qarorida:
a) 5-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida barpo qilinadigan yirik agrologistika komplekslari qurilishi uchun yer maydoni ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 6-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 1, 2, 15, 21 va 23-pozitsiyalari “Ijro uchun masʼullar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovaning 25, 27, 28, 30, 31, 35, 56, 63, 70, 71, 81, 103, 105, 106, 122, 123, 124, 134, 148 va 153-pozitsiyalari “Ijro uchun masʼul” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 5-ilovaning 9-pozitsiyasi “Ijro uchun masʼullar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 9-ilovada:
14-pozitsiya “Amalga oshirish uchun masʼullar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (T. Jalilov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
17 va 22-pozitsiyalar “Amalga oshirish uchun masʼullar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK (A. Salimov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 10-ilovaning 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4421-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutidagi taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 2-ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati”;
v) 3-ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutidagi taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari roʻyxati”;
g) 4-ilovada:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
26-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 9-bandining “Masʼul ijrochilar” ustunidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi “Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4610-son qarorining 16-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi boshqaruvi raisi T.A. Jalilov” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-son qarorida:
a) 1-ilovaning “Andijon viloyati” boʻlimi “Oliy taʼlim muassasalari kafedralari” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali qishloq xoʻjalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi kafedrasi” soʻzlari “Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti qishloq xoʻjalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi kafedrasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 36 va 45-pozitsiyalari “Kimyo va biologiya yoʻnalishlariga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari kafedralari” ustunidagi “Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali qishloq xoʻjalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi kafedrasi” soʻzlari “Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti qishloq xoʻjalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi kafedrasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-oktabrdagi “Ichki isteʼmol bozorining toʻla-toʻkisligini hamda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4858-son qarori 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlari uchun 50 mln AQSH dollari ekvivalentidagi milliy valyutadagi mablagʻlarni mazkur qarorga ilovada keltirilgan tijorat banklariga, shundan 10 mln AQSH dollari ekvivalentidagi milliy valyutadagi mablagʻlarni xorijdan moyli ekin urugʻligi xarid qilish uchun “Agrobank” ATBga ularning soʻrovnomalariga muvofiq 2021-yil 1-mayiga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtirsin. Bunda xorijdan moyli ekin urugʻligi xarid qilish uchun “Agrobank” ATBga ajratiladigan 10 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 2021-yil 1-oktabrga qadar boʻlgan muddatga foizsiz depozitga joylashtiriladi.
Belgilansinki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mazkur bandda nazarda tutilgan depozit mablagʻlari (moyli ekin urugʻligi xarid qilish uchun “Agrobank” ATBga ajratilayotgan mablagʻ bundan mustasno) hisobidan tijorat banklari tomonidan maqsadli ravishda tadbirkorlik subyektlariga likvidli garov taʼminoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, mol goʻshti hamda parranda goʻshti xaridi uchun yillik 4 foizlik stavkada 2021-yilning 1-mayiga qadar qaytarish sharti bilan kredit ajratiladi.
“Agrobank” ATBga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan “Oʻzdonmahsulot” AK korxonalariga xorijdan moyli ekin urugʻi xarid qilish uchun yillik 4 foizlik stavkada 2021-yilning 1-oktabriga qadar qaytarish sharti bilan kredit ajratish tavsiya etilsin.
Bunda depozit mablagʻlari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar toʻliq soʻndirilgandan soʻng qaytariladi”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Qozogʻiston Respublikasida tashkil etilgan savdo uylari orqali tovarlar eksportini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi F-4956-son farmoyishi 2-bandidan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5111-son Farmoniga 1-ilovaning 15-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5158-son Farmoniga ilovaning 30-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son Farmoniga 1-ilovaning 22-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5968-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6031-son Farmoniga ilovaning 15-bandi “a” kichik bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2515-son qarori 11-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-son qaroriga 2-ilovaning 14-bandi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4422-son qaroriga 4-ilovaning 15-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-apreldagi “2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PQ-4667-son qaroriga 2-ilovaning 23-bandi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4681-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4779-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4975-son qaroriga 5-ilovaning 3-bandi.