“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida aholining faol dam olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-may,
PF-6222-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-maydagi PF-6222-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2021-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:
14-may — juma;
2-sentabr — payshanba;
3-sentabr — juma;
31-dekabr — juma”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. 2021-yilda dam olish kunlari:
27-mart — shanba kunidan 22-mart — dushanba kuniga;
17-iyul — shanba kunidan 21-iyul — chorshanba kuniga;
24-iyul — shanba kunidan 22-iyul — payshanba kuniga koʻchirilsin”.
3. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021-yil 2-yanvar — shanba, 20-mart — shanba, 22-mart — dushanba, 15-may — shanba, 21-iyul — chorshanba, 22-iyul — payshanba va 4-sentabr — shanba kunlari barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qatʼi nazar, dam olish kunlari hisoblanadi”.