PQ-5129-son Qaror · 27.05.2021

Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5129
  • Qabul qilingan sana:27.05.2021
  • Kuchga kirgan sana:27.05.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5129/0495

Sogʻliqni saqlash tizimining favqulodda vaziyatlarga bardoshliligini oshirish, jumladan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni jadallashtirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini modernizatsiya qilish hamda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalari salohiyatini yanada oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasini amalga oshirish uchun 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 40 yilda qaytarish sharti bilan 100 million AQSH dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (keyingi oʻrinlarda — OIIB) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 30 yilda qaytarish sharti bilan 100 million AQSH dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki, Loyiha doirasida:

sotib olinadigan texnika va jihozlar, tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari, shuningdek, qurilish-taʼmirlash obyektlari roʻyxati Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

ishlab chiqiladigan xarid hujjatlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertiza qilinadi;

OTB va OIIB kreditlari boʻyicha qarzni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, komission va boshqa xarajatlar boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplanadi.

3. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021-yil 1-oktabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish choralarini koʻrsin.

Belgilansinki:

OTB tomonidan ajratiladigan kreditning 35 million AQSH dollari tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarining xaridi uchun yoʻnaltiriladi;

1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga qaytariladi.

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)

4. Quyidagilar:

“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasining maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarzni soʻndirish, qarz boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tomonidan ajratiladigan qarzni soʻndirish, qarz boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlaridan tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun yoʻnaltiriladigan qismini va foizlarini qoplab berish prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasining texnik-iqtisodiy yigʻma parametrlari 5-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari taqsimoti 6, 6a — 6n-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayevga, zarur hollarda, loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari, texnik-iqtisodiy yigʻma parametrlari va mablagʻlarning sarflanish yoʻnalishlari taqsimotiga OTB va OIIB bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.

5. Sogʻliqni saqlash vazirligiga OTB va OIIB kreditlari doirasida keltirilgan tovarlarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirishiga ruxsat berilsin.

“Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhiga (keyingi oʻrinlarda — Loyihani amalga oshirish guruhi) qoʻshimcha 6 ta shtat birligi ajratilsin.

Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.Q. Yusupaliyev, A.A. Azizov):

bir oy muddatda Loyihani amalga oshirish guruhining yillik shtatlar jadvali hamda xarajatlar smetasini Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin;

2022-yil 1-fevralga qadar Loyiha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqib, ekspertiza organlaridan ijobiy xulosalarni olgan holda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5254-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 07/21/5254/0933-son)

Loyiha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish bilan bogʻliq xarajatlarni OTB va OIIBning kredit mablagʻlari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplasin.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyiha obyektlarida qurilish-taʼmirlash ishlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va Loyiha doirasida xarid qilinadigan uskunalarni oʻrnatishga masʼul etib belgilansin.

6. Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B.Q. Yusupaliyev ikki hafta muddatda Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari hamda yigʻma parametrlarida belgilangan chora-tadbirlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlasin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:

mahalliy organlar (hokimliklar, sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmalari, viloyat sogʻliqni saqlash organlari) rahbarlarining masʼuliyatini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirish va har chorakda qilinayotgan ishlar toʻgʻrisida ularning hisobotini eshitish, ishiga baho berish;

yuqori natija koʻrsatgan, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilab, yuklatilgan vazifalarni toʻlaqonli bajargan rahbarlarni ragʻbatlantirish hamda ishlarni qoniqarsiz tashkil etgan masʼullarga chora koʻrish, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflar kiritish;

ajratilayotgan mablagʻlarning samarali va manzilli ishlatilishi boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatish.

7. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi va OTB hamda OIIB oʻrtasidagi imzolangan qarz bitimlari boʻyicha yuridik xulosa bersin.

8. Sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, moliya vaziri oʻrinbosari O.R. Isakov hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B.Q. Yusupaliyev Loyiha doirasida xarid qilinayotgan asbob-uskunalar, inventarlar, transport vositalari, laboratoriya komplekslari, diagnostikumlar, sarflov materiallari, buyumlar va boshqa vositalarning narxi, sifati hamda asoslanganligiga shaxsan masʼul etib belgilansin.

9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.

10. Hisob palatasi (B.T. Turabov) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) Loyihani amalga oshirish samaradorligi hamda texnik-iqtisodiy asoslarda koʻzda tutilgan natijalarga erishilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin va har yarim yil yakuni boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S.U. Umurzakov va B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 27-may,

PQ-5129-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga1-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga2-ILOVA

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarzni soʻndirish, qarz boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning

Izoh:

* toʻlovlar summasi qarz mablagʻlarining haqiqatdagi oʻzlashtirish kuniga bogʻliq ravishda aniqlashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga3-ILOVA

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tomonidan ajratiladigan qarzni soʻndirish, qarz boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning

Izoh:

* foiz stavkasi 3 % deb olinadi, toʻlov summalari esa 6 oylik LIBOR stavkasining oʻzgarishiga bogʻliq holda qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.

** bir martalik vositachilik haqi qarz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga4-ILOVA

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlaridan tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun yoʻnaltiriladigan qismini va foizlarini qoplab berish

Izoh:

* tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar shartnoma asosida Osiyo taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

toʻlovlar milliy valyutada, toʻlovni amalga oshirish uchun sarflangan mablagʻlar miqdoridan oshmagan holda qoplab beriladi;

tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish boʻyicha shartnomalarga xizmat koʻrsatuvchi agent etib “Oʼzimpeksaloqa” MCHJ belgilanadi;

1000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi agent xizmatlari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

(4-ilova izohining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga5-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasining

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi;

respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga ajratiladigan mablagʻlar Toshkent shahrida koʻzda tutilgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6a-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6b-ILOVA

Andijon viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6v-ILOVA

Buxoro viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6g-ILOVA

Jizzax viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6d-ILOVA

Qashqadaryo viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6e-ILOVA

Navoiy viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6j-ILOVA

Namangan viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6z-ILOVA

Samarqand viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6i-ILOVA

Surxondaryo viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6y-ILOVA

Sirdaryo viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6k-ILOVA

Toshkent viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6l-ILOVA

Fargʻona viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6m-ILOVA

Xorazm viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5129-son qaroriga6n-ILOVA

Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlarining sarflanish yoʻnalishlari

Izoh:

* loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.