PF-6275-son Farmon · 09.08.2021

Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-6275
  • Qabul qilingan sana:09.08.2021
  • Kuchga kirgan sana:10.08.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/21/6275/0781

Bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish, bolalar orasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish, nogironligi boʻlgan bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha keng jamoatchilik bilan oʻtkazilgan muhokama natijalari, shuningdek, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Oliy Majlis palatalarining:

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (keyingi oʻrinlarda — Bolalar ombudsmani) institutini taʼsis etish;

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimini tugatish haqidagi takliflari maʼqullansin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi, oʻz faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir;

Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi;

Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.

3. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) idoralararo komissiyalari tegishlicha Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Milliy komissiya), Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) etib qayta tashkil qilinsin.

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning tuqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra oʻz faoliyati yuzasidan Milliy komissiya har yili Oliy Majlis Senatiga, hududiy komissiyalar esa har yili tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga axborot taqdim etadi.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

11. Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12. Bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida quyidagilarga:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — hududlarda bolalar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish uchun;

(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

Milliy gvardiya qoʻmondoni R. Djurayevga — bolalar, ayniqsa, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida vatanparvarlik yoʻnalishidagi maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish, bolalar sport turlarini rivojlantirish va ularni jalb etish choralarini koʻrish uchun;

(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari B. Abdullayevga — bolalar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish uchun;

sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovga — spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilayotgan bolalarni tashxislash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ustuvor ravishda bolalarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish uchun;

(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan, shuningdek, taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz qatnashmayotgan bolalarning hisobini yuritish, bunday holatlarni bartaraf etish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish choralarini koʻrish, mazkur masalalar boʻyicha muntazam ravishda Bolalar ombudsmaniga axborot kiritish uchun;

(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga — maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama kamol topishiga munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olish, oilaga tarbiyaga olingan bolalar va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bolalariga belgilangan imtiyozlar asosida taʼlim olishini hamda yangi imtiyozlar yaratilishini taʼminlash uchun;

(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

madaniyat vaziri O. Nazarbekovga — bolalarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish, ularning individual xususiyatlarini rivojlantirish, salohiyatini oshirish va isteʼdodini toʻla namoyon etish choralarini koʻrish uchun;

sport vaziri A. Ikramovga — bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish, barcha mintaqalarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sporti obyektlari tarmogʻini kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish uchun;

(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovga — bolalarni, ayniqsa, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan hamda kasb egallash istagini bildirgan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

13. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, “Bolalar ombudsmani toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin.

14. Bolalar ombudsmani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish tavsiya etilsin.

15. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.

16. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.M. Kenjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda axborot berib borilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 9-avgust,

PF-6275-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmoniga 7-ILOVA

Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.