PF-6279-son Farmon · 17.08.2021

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-6279
  • Qabul qilingan sana:17.08.2021
  • Kuchga kirgan sana:18.08.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 09/21/6279/0802

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish, koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida:

1. 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PF-138-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 06/22/138/0441-son)

3. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.

Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorlarini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.

4. Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2021-yil 1-sentabrdan ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

6. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-noyabrga qadar axborot berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 17-avgust,

PF-6279-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-avgustdagi PF-6279-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy taʼminotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6224-son Farmonining 1-bandida:

a) “10-maydan” soʻzlari “1-sentabrdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) “2,5 million” soʻzlari “2,75 million” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6241-son Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining eng kam pensiya va nafaqa miqdorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarini inobatga olib, 2021-yilning 1-iyulidan boshlab:

a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov (keyingi oʻrinlarda — qoʻshimcha toʻlov) joriy etilsin;

b) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun qoʻshimcha toʻlov joriy etilsin”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4938-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2021-yil 1-fevraldan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari — 434 000 soʻmdan 1 085 000 soʻmgacha etib belgilansin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.