Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6207-son Farmoni, 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-5031-son va 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5073-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-avgust,
PF-6280-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-son Farmoni 17-bandi ikkinchi xatboshisidan “va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5583-son Farmoni 7-bandining birinchi xatboshisidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul davlat organlari roʻyxatida:
a) 2.1-pozitsiyaning “Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish” va “Aksiyadorlar boshqaruvi” indikatorlarida “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2.9-pozitsiyadagi “Venchur kapitalining mavjudligi” va “Bozor kapitallashuvi” indikatorlarida “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3.6-pozitsiyaning “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmoni 3-bandida:
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5870-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5968-son Farmoniga 1-ilovaning 14-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6033-son Farmonida:
a) 3-bandda:
uchinchi xatboshi “boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 7-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) ilovaning 3-bandi “b” kichik bandining oltinchi va yettinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-505-son qarori 1-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2847-son qarorida:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozori, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish”;
b) 7-ilovaning rus tilidagi matnida:
8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“regulirovaniye rinka sennix bumag, bukmekerskoy deyatelnosti i deyatelnosti po organizatsii loterey, a takje razvitiye korporativnogo upravleniya”;
9-band quyidagi mazmundagi 16-kichik band bilan toʻldirilsin:
“16) v sfere razvitiya rinka kapitala:
realizuyet yedinuyu gosudarstvennuyu politiku v oblasti formirovaniya, razvitiya, regulirovaniya, kontrolya i korporativnogo upravleniya na rinke sennix bumag;
obespechivayet zashitu prav i zakonnix interesov investorov, zanimayushixsya praktikoy sennix bumag, a takje vladelsev sennix bumag;
osushestvlyayet kontrol za soblyudeniyem aktov zakonodatelstva o rinke sennix bumag, ob aksionernix obshestvax i zashite prav aksionerov;
informiruyet investorov i obshestvennost o sostoyanii razvitiya otechestvennogo rinka kapitala i yego professionalnix uchastnikax;
reguliruyet deyatelnost organizatorov torgov sennimi bumagami i professionalnix uchastnikov rinka sennix bumag, a takje bukmekerskoy deyatelnosti i deyatelnosti po organizatsii loterey;
razrabativayet normativno-pravovie akti v sfere regulirovaniya rinka sennix bumag, provodit attestatsiyu spetsialistov professionalnix uchastnikov i vidayet kvalifikatsionnie attestati;
ustanavlivayet trebovaniya k vipusku i registratsii sennix bumag, otchetnosti po nim, a takje vedeniyu reyestrov vladelsev sennix bumag i reyestra ucheta sdelok s sennimi bumagami;
ustanavlivayet obyazatelnie normativi urovnya dostatochnosti sobstvennix sredstv i pokazateley, ogranichivayushix riski po operatsiyam s sennimi bumagami;
informiruyet obshestvennost o sostoyanii rinka sennix bumag i yego uchastnikax, a takje posredstvom obespecheniya glasnosti svedeniy, predusmotrennix zakonodatelstvom;
osushestvlyayet effektivnoye sotrudnichestvo s zarubejnimi i mejdunarodnimi institutami po voprosam razvitiya i regulirovaniya rinka kapitala”.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 13-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son qarorida:
3-bandning ikkinchi xatboshisidan va 5-bandning “b” kichik bandidan “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilovaning 5-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (O.Isakov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-apreldagi “Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4664-son qarori 9-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2022-yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxatining 36-pozitsiyasidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 39-1-pozitsiyasi “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan amaliy ishlar dasturining 11-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov)” soʻzlari “Moliya vazirligi (T. Ishmetov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5031-son qarorida:
a) 1-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“isteʼmol etil spirti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, faqat oʻz ehtiyojlari uchun oxirgi isteʼmolchi sifatida foydalanish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga”;
b) 5-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xaridorlarga tashish xizmatini koʻrsatuvchi, affillangan shaxs boʻlgan korxonalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi”;
v) 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”da:
a) 17-pozitsiyaning “Bajarish muddati” ustunidagi “iyul” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 40-pozitsiyada:
“Bajarish muddati” ustunidagi “iyul” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustuni “Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)” soʻzlaridan oldin “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov),” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatining III boʻlimi 10-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5496-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmoniga 2-ilovaning 5-bandi “a” kichik bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi tarkibining 31-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3947-son qarori 6-bandining “e” kichik bandi.