PQ-79-son Qaror · 12.01.2022

Turizm va sport vazirligining tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-79
  • Qabul qilingan sana:12.01.2022
  • Kuchga kirgan sana:12.01.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 0722/79/0015

Sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarimizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlari va musobaqalarida ishtirok etishini taʼminlash, yoshlarni sportga keng jalb qilish, shuningdek, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish maqsadida:

1. Turizm va sport vazirligining markaziy apparati tuzilmasida:

turizm va sport vazirining ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy qilinsin va shu munosabat bilan turizm va sport vazirining ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi lavozimi tugatilsin;

turizm va sport vazirining ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi — Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti boshligʻi lavozimi joriy qilinsin va shu munosabat bilan turizm va sport vazirining ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

3. Turizm va sport vazirligi mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 12-yanvar,

PQ-79-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-son Farmonining 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5054-son qarorida:

a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Turizm va sport vazirligining

b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Turizm va sport vazirligi markaziy apparatining

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 158 nafar.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qarorining 15-bandidagi “muvofiqlashtirish” soʻzi “rivojlantirish” soʻzi bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.