Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoni, 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-son va 2021-yil 24-dekabrdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-62-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-aprel,
PF-95-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmoni 11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoni 4-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmonida:
a) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Belgilab qoʻyilsinki, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) respublika davlat boshqaruvi organi boʻlib, oʻz faoliyatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga boʻysunadi”;
v) 18-bandda:
uchinchi xatboshi “shakllantirilishini” soʻzidan keyin “taʼminlasin” soʻzi bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 21-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 23-banddan “va Agentlik tarkibiga oʻtkazilsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasining 2-bobi “III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish” qismining oʻninchi xatboshisidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-son Farmoni 1-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidan “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PF-6059-son Farmoni 1-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlariga almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilova “Vazirliklar” boʻlimining 27-pozitsiyasi “Idoraviy mansub tashkilotlar” bobi “Tizimlashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlar*” ustunining birinchi xatboshisidagi hamda “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoni 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori rahbarlik qiladi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandidan “, shuningdek soliq organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qarorida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;”;
b) 1a, 2, 2a — 2g-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 3a — 3g-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3a-ILOVA
Viloyat markazlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3b-ILOVA
Viloyatga boʻysunuvchi shahar hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
* Yangiobod shahrini hisobga olgan holda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3v-ILOVA
Qishloq tuman hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga 3g-ILOVA
Toshkent shahar tumanlari hokimlari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
* “Yoshlik” shaharchasi hokimligini hisobga olgan holda”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2724-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidan “sanitariya qoidalarining buzilishlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarori 15-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3782-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarorining 7-bandidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4417-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4525-son qarorida:
a) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 38-pozitsiyasi “Masʼul organ” ustunidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Mamatkulov)” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4549-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4653-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
“Elektron kooperatsiya portali markazi” bloki chiqarib tashlansin;
“Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” bloki “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” bloki bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 339 nafar.
*Vazirlik markaziy apparatining umumiy shtat birliklariga kiritilmaydi.”
g) 3-ilovada:
8-bandda:
beshinchi xatboshidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
10-banddagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mahalliy hokimliklar bilan birga hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish”;
12-bandda:
“4” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi, tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, respublika vakillari va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida mahalladagi iqtisodiy holatni “xonadonbay” oʻrganishlarni, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlarini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishlarini va ehtiyojlarini tahlil qilish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilishning boshqa shakllarini ragʻbatlantirish va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
tadbirkorlikni boshlash uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini takomillashtirish, kambagʻal aholini ishga olgan korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtiradi;
aholida tadbirkorlik sohasida zarur koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻqitish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini keng jalb qiladi;
aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish uchun subsidiyalar berish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
respublika hududlarining xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarini aniqlaydi va ularni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish choralarini koʻradi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarda mahallabay ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni, “yetakchi” tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish choralarini koʻradi;
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik koʻmagini jalb etish yuzasidan hamkorlik olib boradi;
tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda ishtirok etadi;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va uni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyadi”;
“8” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “zonalarni infratuzilma mavjud boʻlgan hududlarga joylashtirish” soʻzlari “zonalarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining direktori oʻrinbosarlari, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijrochi direktori va oʻrinbosarlari, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning direktori va oʻrinbosarlari hamda Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi boshligʻi — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri tomonidan;”;
38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4 va 4a-ilovalardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 4b-ilovadan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining shahar boʻlimi” bloki chiqarib tashlansin;
j) 4v-ilovadan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tuman (shahar) boʻlimi” bloki chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4671-son qaroriga 2-ilovada:
a) 21-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) “Jami” pozitsiyasining “Shtat birliklari soni” ustunidagi “191” raqami “189” raqami bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4716-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar keyingi yil uchun gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni shakllantirsin va Moliya vazirligiga kiritsin”.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4829-son qarorining 17-bandida:
a) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi “a-1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“a-1) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan yoki kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan vaqtdan boshlab birinchi uch oy davomida ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini toʻlash xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya toʻlanadi”.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4862-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-bandning ikkinchi xatboshisi, 4-bandning birinchi xatboshisi, 6-bandning ikkinchi xatboshisi, 10-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi resurs bazasini oshirishga” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 16-band hamda qarorga 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4889-son qarori 3-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-son qarori 5-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-son qarorida:
a) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Vazirlar Mahkamasi:
a) ikki hafta muddatda:
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni;
hokim yordamchilari va markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash boʻyicha namunaviy nizomni tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-mayga qadar:
“business.gov.uz” yagona interaktiv portalini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil) tasarrufiga begʻaraz ravishda oʻtkazib bersin;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:
“Onlayn mahalla” elektron platformasini “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga integratsiya qilish orqali tadbirkorlarning murojaatlarini hokim yordamchilari tomonidan mahallaning oʻzida koʻrib chiqish va hal etish, ularning vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish uchun “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritish;
vakolatli organlar tomonidan “business.gov.uz” yagona interaktiv portali orqali kelib tushgan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan tashkillashtirish va nazorat qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun taʼsir choralarini qoʻllash;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha har chorakda aniq takliflar kiritish;
Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan “Sall-markaz” xizmati hamda “business.gov.uz” yagona interaktiv portali axborot tizimidan foydalanish uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutish”;
b) 3-ilovada:
2-pozitsiya “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga (keyingi oʻrinlarda — ABKMga)” soʻzlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 — 5, 8 — 10 va 12-pozitsiyalari “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” soʻzi “Markazga” soʻzi bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyada:
“Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” soʻzi “Markazga” soʻzi bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyada:
“Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “Qorakoʻlchilik” uyushmasi” soʻzlari “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” soʻzi “Markazga” soʻzi bilan almashtirilsin;
11-pozitsiya “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “ABKMda” soʻzi “Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida (keyingi oʻrinlarda — ABKM)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilova izoh qismining uchinchi xatboshisidagi “29” raqami “27” raqami bilan almashtirilsin;
g) 5-ilova izoh qismining beshinchi xatboshisidagi “21” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin;
d) 6-ilova izoh qismining yettinchi xatboshisidagi “22” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
e) 7-ilova izoh qismining birinchi xatboshisidagi “40” raqami “38” raqami bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarori quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:
“3-1. 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 1-yanvarga qadar motokultivatorlar (TIF TN kodi — 8432 29 100 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilansin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5718-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6188-son Farmoniga 1-ilovaning 24-bandi “v” — “z” kichik bandlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PQ-3374-son qaroriga 1-ilova.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4461-son qaroriga ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi, “b” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari hamda “v” kichik bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qarorining 8 va 9-bandlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4888-son qaroriga 1-ilovaning 20-pozitsiyasi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5105-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5228-son qarorining 6 — 8-bandlari hamda 1 va 2-ilovalari.