PQ-245-son Qaror · 17.05.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-245
  • Qabul qilingan sana:17.05.2022
  • Kuchga kirgan sana:17.05.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/245/0423

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son qarorining 9-bandiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 17-may,

PQ-245-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PQ-245-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son qarorining 9-bandiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish

1. Quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti ilmiy, rahbar va boshqa xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi;

Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha yuzaga keladigan qoʻshimcha xarajatlarni moliyalashtirish 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi”.

2. Uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.