PQ-307-son Qaror · 06.07.2022

2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-307
  • Qabul qilingan sana:06.07.2022
  • Kuchga kirgan sana:07.07.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/307/0614

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-165-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilarga:

hududlar rahbarlari, neft, gaz, energetika, yoʻl infratuzilmasi, avtomobil sanoati, temir yoʻlda tashish sohalaridagi korxonalar rahbarlariga — innovatsiyalar joriy qilingan korxonalar, innovatsion texnologiyalar, rasmiylashtirilgan ixtirolar soni pastligi, mahalliy ishlanmalarning tijoratlashtirmaganligi, sohalarga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani, ilmiy tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikni oʻrnatilmaganligi, innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratilmaganligi;

oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar rahbarlariga — ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarida grant loyihalarining ulushi pastligi, ularning tijoratlashtirish jamgʻarmalariga mablagʻ ajratilmayotganligi, ilmiy loyihalar boʻyicha patentlar olinmaganligi, xalqaro nashrlarda ilmiy maqolalar chop etilmaganligi, ilmiy kadrlarni tayyorlash jarayoni past darajada tashkil qilinganligi, tarmoqlarga xizmat koʻrsatish sohasi yetarli darajada rivojlanmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.

2. Quyidagilar:

a) 2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;

b) 2022-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshiriladigan innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

v) tarmoqlar boʻyicha:

2022-2023-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshiriladigan aniq ustuvor loyihalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;

2023 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;

iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023 — 2026-yillarga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;

g) ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha:

2022-2023-yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 6-ilovaga muvofiq;

2023 — 2026-yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar roʻyxati 6a-ilovaga muvofiq;

2022 — 2024-yillarda innovatsion faoliyatning istiqbolli yoʻnalishlarida ilmiy tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion akademik korxonalar roʻyxati 6b-ilovaga muvofiq;

2022-2023-yillarda oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 7-ilovaga muvofiq;

2023 — 2026-yillarda oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar roʻyxati 7a-ilovaga muvofiq;

2022 — 2024-yillarda innovatsion faoliyatning istiqbolli yoʻnalishlarida oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion korxonalar roʻyxati 7b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 1-dekabrga qadar 2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasida erishilgan natijalar va maqsadli koʻrsatkichlar hamda tegishli davr uchun iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, mazkur Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi ikki yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasining sifatli ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etsin.

(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

3. Mazkur qarorga 5-ilovada koʻrsatilgan tarmoq tashkilotlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan kelishilgan holda ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023 — 2026-yillarga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlariga muvofiq har yili ishlab chiqiladigan “yoʻl xaritalari” asosida oʻz mablagʻlari hisobidan ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

4. 2022 — 2024-yillarda istiqbolli yoʻnalishlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

Belgilansinki, yangi innovatsion korxonalar:

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish jarayonlarida resurslarni maqbullashtirgan holda talab yuqori boʻlgan va istiqbolli innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida tashkil etilayotgan ilmiy hajmdor korxonalar hisoblanadi;

faoliyati davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamkorligida davlat ilmiy dasturlari doirasida, mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi har yili ilmiy hajmdor mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion korxonalarda raqobatbardosh yangi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini oʻzlashtirish loyihalariga davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlarning 10 foizi yoʻnaltirilishini taʼminlasin.

(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yangi innovatsion korxonalarning tashkil etilayotgan hududidan qatʼi nazar oʻz faoliyatini barcha hududlarda amalga oshirishiga hamda mijozlar bazasini kengaytirishiga koʻmaklashsin.

5. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi hududidagi 1,95 ga yer maydonida Innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki binosi jihozlangan holda qurib bitkazilganligi hamda uning negizida Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligida “Inno texnopark” MCHJ tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Inno texnopark” MCHJni “Yıldız Teknoloji Geliştirme Bölgesi Teknopark A.Ş.” tashkilotining Oʻzbekistondagi ishonchli vakili (keyingi oʻrinlarda — ishonchli vakil) ishonchli boshqaruviga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:

a) “Inno texnopark” MCHJ ishonchli boshqaruvga besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi;

b) kelishuvlarga koʻra ishonchli vakilga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:

mavjud infratuzilmani boshqarish va texnopark rezidentlariga xizmat koʻrsatish;

texnopark rezidentlarining innovatsion loyihalarini amalga oshirish hamda intellektual va sanoat mulkini boshqarishda koʻmaklashish;

marketing, reklama va axborot xizmatlarini koʻrsatish;

xorijiy davlatlardan texnologiyalar transferiga koʻmaklashish hamda investitsiya jamgʻarmalarini va venchur kapitallarini jalb qilish;

texnopark rezidentlari mahsulotining xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini taʼminlash;

v) texnopark loyihalarini amalga oshirish natijasida rezidentlarning barcha olgan ruxsatnomalari, patentlari, ilmiy va innovatsion ishlanmalari, texnologiyalari, xizmatlari va tahliliy maʼlumotlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi mulki hisoblanadi.

(5-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

Belgilansinki:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda innovatsion, startap, tijoratlashtirishga tayyorlash, tijoratlashtirish hamda texnologiyalar transferi loyihalari belgilangan tartibda davlat ilmiy dasturlari doirasida budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;

(5-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

“Inno texnopark” MCHJ tasarrufidagi oʻquv-ilmiy laboratoriya asbob-uskunalaridan tegishlicha talabalar va doktorantlar bepul foydalanadi.

6. “Inno texnopark” MCHJ va uning rezidentlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5099-son Farmonining 5-bandi bilan IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar (ijtimoiy soliqdan tashqari) va preferensiyalar 2022-yil 1-avgustdan boshlab tatbiq etilsin.

“Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentlari uchun 2022-yil 1-avgustdan boshlab 2025-yil 1-avgustga qadar aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilansin.

Bosh vazir oʻrinbosari S. Umurzakov Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Inno texnopark” MCHJ va “Yashnobod” innovatsiya texnoparkiga rezidentlikka qabul qilishning yangilangan tartibini tasdiqlasin.

7. Quyidagilarga:

a) Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga:

mazkur qarorning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini taʼminlash, “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish hamda muvofiqlashtirish;

innovatsiya masalalari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari faoliyati natijadorligidan kelib chiqib, ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy, shu jumladan egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha boʻlgan qatʼiy choralarni koʻrish, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish;

b) innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarning innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, ularning faoliyatida innovatsiyalarni joriy etish holatini baholash hamda muntazam ravishda innovatsiya masalalari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlarining hisobotlarini eshitish va ularga tashkiliy-metodik yordam koʻrsatish;

v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, masʼul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xoʻjalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga — mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish asosida tegishli hududda innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, har chorak yakunidan soʻng keyingi oyning 5-sanasiga qadar ushbu qaror bilan belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobot taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilgʻor texnologiyalar markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PQ-3674-son qaroriga 9-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.

9. Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov hamda innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 6-iyul,

PQ-307-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 1-ILOVA

2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 2-ILOVA

2022-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshiriladigan innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalar

Izoh: loyihalarni koʻrib chiqish va moliyalashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

**Loyihalarning yakuniy moliyalashtirish hajmi moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza natijalariga muvofiq belgilanadi.

*Mablagʻlar hozirgi kunga qadar yoʻnaltirilgan.

Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 3-ILOVA

2022-2023-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshiriladigan aniq ustuvor loyihalar

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2023-y., 07/23/329/0765-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 4-ILOVA

2023 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayon asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish mumkin.

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2023-y., 07/23/329/0765-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 5-ILOVA

Iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023 — 2026-yillarga moʻljallangan

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 6-ILOVA

2022-2023-yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 6a-ILOVA

2023 — 2026-yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 6b-ILOVA

2022 — 2024-yillarda innovatsion faoliyatning istiqbolli yoʻnalishlarida ilmiy tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan ilmiy hajmdor mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion akademik korxonalar

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

(6b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 06/25/189/0978-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 7-ILOVA

2022-2023-yillarda oliy taʼlim muassasalari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 7a-ILOVA

2023 — 2026-yillarda oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

(7a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 7b-ILOVA

2022 — 2024-yillarda innovatsion faoliyatning istiqbolli yoʻnalishlarida oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ilmiy hajmdor mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion akademik korxonalar

Izoh: Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 8-ILOVA

2022 — 2024-yillarda istiqbolli yoʻnalishlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etiladigan ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar

Izoh: * Bugungi kunga qadar mablagʻlar yoʻnaltirilgan.

Tashkil etiladigan 34 ta spin-off korxonalarga jalb qilinadigan mablagʻlarning umumiy qiymati 67,71 mlrd soʻm va 1,5 mln dollar, shundan:

26,70 mlrd soʻm budjet mablagʻlari (shundan 10,21 mlrd soʻm mablagʻ bugungi kunga qadar yoʻnaltirilgan);

41,01 mlrd soʻm hamda 1,5 mln dollar tashabbuskorlar mablagʻlari.

Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov)ga yigʻilish bayon asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish mumkin.

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga 9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilgʻor texnologiyalar markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PQ-3674-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish

1. 2-band quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“yaratiladigan oʻz biotexnologik mahsulotlarning tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;

biotexnologik mahsulotlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;

tirik organizmlar kultivatsiyasi va biotexnologik jarayonlarni masshtablashtirish;

oʻzak hujayralari namunalarini toʻplash va saqlash;

biotexnologik preparat moddalarini tozalash va ishlab chiqarish boʻyicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish;

texnologiyalarga asoslangan mahalliy biotexnologik mahsulotlardan vaksina va rekombinat oqsillar ishlab chiqarish;

saraton va autoimmun kasalliklarini davolash uchun monoklonal antitanachalarga asoslangan yuqori texnologiyali dori preparatlarini yaratish;

biotexnologik yoʻl bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va klinik oldi sinovlarini oʻtkazish va ommaviy ishlab chiqarish”.

2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi PQ-3674-son qaroriga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilgʻor texnologiyalar markazining TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni (yordamchi xodimlarni hisobga olmaganda) — 52 nafarni tashkil etadi.

* Yordamchi xodimlarning soni qonunchilik bilan belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

** Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi loyihalarga ajratilgan mablagʻlar va Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

*** Mazkur laboratoriyalar faoliyati Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

**** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.