Samarqand viloyatining turizm salohiyatini oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro darajadagi tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarish uchun manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Samarqand viloyati hokimligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Samarqand viloyati hokimligiga ajratilgan kreditning 2022-yilda soʻndiriladigan asosiy qismini 2023-yilga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan kredit shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-iyul,
PQ-315-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-315-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash prognoz jadvali
*kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi;
**haqiqiy toʻlovlar”.