PF-100-son Farmon · 19.06.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-100
  • Qabul qilingan sana:19.06.2023
  • Kuchga kirgan sana:20.06.2023
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/23/100/0404

Qurbon hayitining birinchi kuni 2023-yilda 28-iyunga toʻgʻri kelishini inobatga olgan holda qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash hamda aholiga Qurbon hayiti bayramini nishonlash uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisi “24-aprel — dushanba,” soʻzlaridan keyin “29-iyun — payshanba,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 19-iyun,

PF-100-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.