PQ-197-son Qaror · 20.06.2023

Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-197
  • Qabul qilingan sana:20.06.2023
  • Kuchga kirgan sana:21.06.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/197/0410

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;

(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;

Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining xususiy sektorga oʻtkaziladigan funksiyalari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tizimi joriy etilsin:

tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda aholining eng koʻp murojaatlariga sabab boʻlayotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati shakllantiriladi;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari tegishli hududda eng koʻp tarqalgan kasalliklar va holatlar boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda aholining eng koʻp murojaatlariga sabab boʻlayotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olib, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini tibbiy yordam koʻrsatishning darajalari va turlari kesimida, shu jumladan dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlarini nazarda tutgan holda tasdiqlasin.

3. 2024-yildan boshlab yillik tibbiy koʻriklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan oʻtkazish dasturlari joriy etilsin.

4. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:

a) quyidagilar:

Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;

7-ilovaga muvofiq tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (keyingi oʻrinlarda — texnikumlar) tashkil etilsin. Bunda, zarur ixtisosliklar boʻyicha ikki va uch yillik dasturlar asosida tabaqalashgan holda oʻqitish yoʻlga qoʻyilsin;

b) tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida oʻqish muddati toʻrt yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash joriy etilsin;

v) Sogʻliqni saqlash vazirligi:

texnikumlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibini;

tibbiyot yoʻnalishidagi davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining bilimlarini ikki bosqichli (fundamental va klinik-amaliy koʻnikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimini joriy etsin;

g) quyidagilarni nazarda tutgan holda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy taʼlim portali joriy etilsin:

xodimlarning elektron portfoliosini shakllantirish va ularga malaka oshirishning vaqti, joyi va shakli, oʻquv mavzularini tanlash imkoniyatini yaratish;

malaka oshirish kurslarining yagona reyestrini shakllantirish;

kasbiy rivojlantirish natijalari va oʻzlashtirilgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish.

Bunda, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirish kurslarini joriy etish huquqi berilsin.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish jarayonlari toʻliq raqamlashtirilishini taʼminlasin.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra tibbiyot sohasida xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish uchun 2023-yil yakuniga qadar nodavlat tibbiyot tashkilotlarining litsenziya talablari hamda shartlari bajarilishi monitoringini yuritish quyidagicha tashkil etiladi:

a) barcha nodavlat tibbiyot tashkilotlarini Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimiga ulash;

b) Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimi orqali:

nodavlat tibbiyot tashkilotining xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlari monitoringini yuritish;

tibbiy faoliyatni nazorat qilishda “xavfni tahlil qilish” tizimini yoʻlga qoʻyish.

6. Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot obyektining faoliyat yoʻnalishi va quvvatidan kelib chiqib, litsenziya talab va shartlarini ilgʻor standartlar asosida takomillashtirish va toʻlovlar miqdorini tabaqalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

7. Quyidagilar:

a) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tizimidagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga oʻtkazilib, uning negizida davlat muassasasi shaklidagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etilsin.

Bunda, Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, sertifikatlashtirish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bilan bogʻliq vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

b) Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida:

tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining nazariy bilimlari, amaliy koʻnikmalari, kasbiy mahoratini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etilsin;

Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi negizida tibbiy faoliyatni litsenziyalash va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tashkil etilsin.

Belgilansinki, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Sogʻliqni saqlash vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomani qoʻshimcha talablarsiz imzolaydi.

8. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Toshkent shahri Yashnobod tumani Sultonali Mashhadiy koʻchasi 197-uy manzilidagi binoga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)

9. Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 20-iyun,

PQ-197-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga 1-ILOVA

Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari

a) sogʻliqni saqlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohalarda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

b) sohaga oid kompleks dasturlarni ishlab chiqish, sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat yuritadigan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash;

v) davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish orqali tibbiy xizmatlar sifati va manzilliligini oshirish;

g) tibbiyot sohasini raqamlashtirish;

d) tibbiy taʼlimni takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish, baholash va ularning yuqori masʼuliyatini taʼminlash boʻyicha samarali tizimni shakllantirish;

e) sogʻliqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish va xususiy sektordagi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish;

j) aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, sohada taʼsirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etish;

z) oziq-ovqat mahsulotlari va isteʼmol tovarlari xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini taʼminlash;

i) tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish, shuningdek, tibbiy xizmatlar sifatini standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qoʻyish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etish, patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning samarali modellarini yaratish orqali kasalliklarni erta bosqichda aniqlab, davolash va ularning oldini olish choralarini koʻrish;

k) birlamchi tibbiy yordamni aholiga yanada yaqinlashtirish orqali ortiqcha vazndan xalos boʻlish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, infarkt, insult, qandli diabet, onkologiya kabi kasalliklarning oldini olish;

l) xotin-qizlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordamni rivojlantirish, zamonaviy skrining dasturlari va reproduktiv texnologiyalarni joriy etish asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga 2-ILOVA

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tashkiliy

* Har bir tuman (shahar)da bittadan birlik.

(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga 5-ILOVA

Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini takomillashtirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga 6-ILOVA

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining xususiy sektorga oʻtkaziladigan funksiyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga 7-ILOVA

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot kollejlari

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.