Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Innovatsion rivojlanish agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Bilim va malakalarni baholash agentligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish va taʼlim sifatini oshirish maqsadida:
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari ilgʻor xorijiy tajriba hamda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyoji asosida qayta koʻrib chiqiladi;
oliy taʼlim dasturlari yetakchi oliy taʼlim muassasalari bazasida xalqaro tashkilotlarning taʼlim sohalari reytingida yuqori 200 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi;
oliy taʼlim muassasalarining oʻquv laboratoriya bazasiga qoʻyilgan talablar taʼlim dasturlariga, ilmiy laboratoriyalar iqtisodiyot soha va tarmoqlaridagi texnologik jarayonlarga moslashtiriladi;
professor-oʻqituvchilar yuklamasi oʻquv va ilmiy faoliyatga, oʻquv jarayonlari esa talabalarda mustaqil taʼlim olish koʻnikmasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) tashqi baholashning quyidagi yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, unga muvofiq:
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining amaldagi roʻyxatida birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:
akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ikki baravarga oshiriladi;
oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasini hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;
yuqori salohiyatli akademik litseylar oʻquv dasturlari xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida ishlab chiqiladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan vakolati doirasida nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini navbatdan tashqari davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
6. Belgilansinki, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda quyidagi tartib joriy etiladi:
a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan:
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning mavjud muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi (tematik ilmiy mavzular roʻyxati) tasdiqlanadi;
fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-texnik kengashlar tomonidan loyihalarning ilmiy ekspertizasi tashkil etiladi;
davlat ilmiy dasturlariga kiritiladigan loyihalarning yakuniy roʻyxati tasdiqlanadi;
b) Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan:
tasdiqlangan tematik ilmiy mavzular boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar oʻtkaziladi, shuningdek, ilmiy loyihalarning texnik va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi tashkil etiladi;
tasdiqlangan loyihalar boʻyicha shartnomalar rasmiylashtiriladi;
ilmiy loyihalarning oraliq va yakuniy monitoringi yuritiladi;
v) davlat ilmiy dasturlariga kiritilgan loyihalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fan va innovatsiyalar kengashi qaroriga asosan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
g) ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga muvofiq bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha tanlovlar oʻtkazish, loyihalarni texnik, ilmiy va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish hamda tanlab olish jarayonlari Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnik kengashlar faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilsin:
ilmiy-texnik kengashlar “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida “Xirsh” indeksiga ega (bundan madaniyat, sanʼat, oʻzbek tili, tarix sohalari mustasno) hamda yangi ilmiy yoʻnalishlarda xalqaro darajada ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotgan olimlar orasidan 21 nafar tarkibda shakllantiriladi;
ilmiy-texnik kengashlar aʼzolarining yarmi har 6 oyda almashtiriladi va ilmiy-texnik kengashlar tarkibi bir yilda toʻliq yangilanadi;
davlat buyurtmasi doirasida shakllantirilgan loyihalarning ilmiy-texnik kengashlardagi muhokamasiga xorijlik (vatandosh) olimlarni ekspert sifatida jalb etish hamda muhokamalarni onlayn tarzda oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi.
8. Davlat ilmiy dasturlari natijadorligini oshirish boʻyicha 2023-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
a) fundamental loyihalar boʻyicha — xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan va loyiha mavzusi yoʻnalishida muhim natijalarga erishgan, “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan yetakchi olimlar hamrahbar sifatida jalb qilinadi;
b) yangi ishlanmalar asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha:
Innovatsion rivojlanish agentligi tarmoq tashkilotlarining innovatsiyalarga (yangi ishlanma va texnologiyalarga) boʻlgan ehtiyojlari asosida tijoratlashtirish loyihalarini va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasini tanlov asosida aniqlaydi;
tanlov natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan tijoratlashtirish loyihalari va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
innovatsion mahsulotlarni kelgusida seriyalab sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida tanlov natijalariga koʻra moliyalashtirilgan har bir tijoratlashtirish loyihasi va innovatsion “spin-off” korxonasi loyihasi hamda yakunlangan ilmiy loyihalar tegishli tarmoq korxonasiga biriktiriladi;
v) tezkor ilmiy yechimni taʼminlash talab etiladigan yoʻnalishlar (yuqumli kasalliklar, texnogen holatlar, iqlim oʻzgarishi va tabiat hodisalariga oid, mikroelektronika texnologiyalari) boʻyicha 1 yilgacha boʻlgan qisqa muddatli maqsadli amaliy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga quyidagi vakolatlar berilsin:
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlarini tasdiqlash;
respublika oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilash;
talabalar oʻqishini koʻchirish va magistraturaga kirishda ruxsat etiladigan turdosh taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati hamda oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash;
har yili xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash.
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abdurahmonov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-iyul,
PQ-200-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga 1-ILOVA
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Quyidagilar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
a) oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, oʻrta maxsus, professional taʼlim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarni strategik rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;
b) oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
v) xalqaro mezonlar asosida oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash, oʻquv jarayonini tashkil etish meʼyorlarini belgilash hamda taʼlim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish;
g) oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlimning maʼnaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
d) ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani taʼminlash;
e) oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
j) ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
z) taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga 2-ILOVA
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga3-ILOVA
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Izoh:
* Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga4-ILOVA
Innovatsion rivojlanish agentligining tashkiliy tuzilmasi
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga 5-ILOVA
Bilim va malakalarni baholash agentligining tashkiliy
* yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qaroriga 6-ILOVA
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha
Izoh: normativ-huquqiy hujjat loyihalari tartibga solish predmetidan kelib chiqib qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda, ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)